Kompyuter viruslariga qarşi dasturlar işlab çiqaruvçi “Laboratoriya Kasperskogo” mutaxassislari köp bosqiçli hujumlar yordamida kompyuterning marşrutizatorini zararlay oladigan Slingshot nomli virusni topişdi.
Yangi virus routerlarga qaratilgan. Şu tariqa, tizim uçun xavfli ma'lumot bir neça qurilmada tezroq tarqaladi. Virus kutubxonani maxsus yaratilgan nusxasi bilan almaştiradi, zararli komponentlarini yuklaydi, söngra kompyuterlarga hujumni boşlaydi.
Virusning Canhadr nomli bir qismi yadro kodiga ta'sir qiladi, bu esa xakerlarga kompyuterning barça bosqiçdagi xotirasiga kiriş imkonini beradi. Virusning GollumApp deb nomlangan qismi foydalanuvçilar bosqiçini zararlaydi: virus fayllar boşqaruvini öz nazoratiga oladi va zararli dasturning tizimda saqlanib qolişi ortidan doimiy ravişda kuzatadi.
Dastur nafaqat raqamli holda saqlanuvçi istalgan axborot, jumladan tarmoq trafigi, skrinşot va parollarni öğirlay oladi, balki özining mavjudligi va uzluksiz işlaşi ortidan sinçkov kuzatadi: misol uçun, virus özidan barça şubhalarni soqit qiliş uçun ahyon-ahyonda kompyuter xavfsizligini tekşiriş dasturini işga tuşiradi.
Mutaxassislar bu virusni kiberjinoyatçilikning “durdona asari” deb ataşgan: zararli kod turli modifikatsiyalarda 2012 yildan beri mavjud bölsa-da, hozirgaça uning izlari bilinmagan. Routerlarning qayta dasturlanişi muammoni hal qilişda yordam bermasligi mumkin, çunki virusning özini nusxalaş va saqlanib qolişining qolgan usullari imkoniyatlari hali töliq örganilmagan.
Tahlilçilarning fikriça, bunday zararli dasturni firibgarlar yaratgani dargumon: bu köproq biror davlatlarning xavfsizlik agentliklari yoki razvedkasi işiga öxşamoqda. Hozirça bunga isbot yöq, biroq “Laboratoriya Kasperskogo” mutaxassislarining fikriça, virus AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya (“Beşta köz”) maxsus xizmatlari tomonidan terrorçilikka qarşi kuraşda qöllangan bölişi mumkin.











