Olimlar tabiatda qanday tanalar eng yuqori aylaniş tezligiga ega ekanligini aniqlaşdi. Bunday jismlar Ruellia ciliatiflora turidagi ösimlikning uruğlari ekani aniqlandi. Bu uruğlar ösimlikdan otilib çiqqanda soniyasiga 1600 martagaça aylanar ekan.

Mutaxassislarning aytişiça, uşbu ösimlik uruğlarini tarqatişning antiqa usuli – ballistixoriyaga ega. Ba'zi ösimliklar uruğlarini hayvonlar tarqatsa, boşqalarinikini şamol tarqatadi. Ballistixoriya metodi esa uruğlarni katta tezlikda uloqtirişga imkon beradi, bu esa uruğlarga 6 km gaça masofani keçib ötişda yordam beradi.

Olimlar köproq tafsilotlarni biliş uçun yuqori tezlikdagi rejimda (soniyasiga 20 mingta kadr) tasvirga oluvçi fotokameradan foydalanişgan. Aniqlanişiça, Ruellia ciliatiflora uruğlari uning tarnovçaga öxşaş qismidan  otilib çiqadi. Bu tarnovçaning vazifasi uruğning parvozi yönalişini beriş hisoblanadi. Uruğlar gorizontga 40 gradus burçak ostida otiladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariça, uşbu burçak katta masofalarni yengib ötiş uçun optimal qiymatdagi burçak hisoblanadi.

Uruğlar katta aylaniş tezligi esa uning muayyan tuzilişiga boğliq. Olimlarning ta'kidlaşiça, Ruellia ciliatiflora’ga köpayişning bunday usuliga moslaşiş uçun minglab yillar kerak bölgan.