Amazon kompaniyasi AQŞga Xitoydagi noma'lum jönatuvçilardan içida uruğlar bölgan minglab jönatmalar kelayotgani sababli ularning AQŞga importini taqiqladi. Bu haqda Wall Street Journal naşri xabar berdi. 

Şu sababli kompaniya butun dunyodagi xorijiy hamkorlarini öz qaroridan xabardor qilgan va ulardan uruğlar taklif qilgan postlarini öçirib taşlaşni talab qilgan.

Endi uruğlarni onlayn rejimda faqat AQŞdagi kompaniyalar sota oladi. Uşbu taqiqlovga amal qilmaydigan yetkazuvçilar akkauntlari öçirilişi mumkin.  

Dastlab AQŞning bir neçta ştati rahbariyati gap zararli uruğlar haqida borayotgan bölişi mumkinligini ta'kidlagan. Nyu-York qişloq xöjaligi boşqarmasi olingan uruğlarga tegmaslikni hamda ularni bolalar va uy hayvonlaridan uzoqroq saqlaşni tavsiya qilgan.

Keyinroq AQŞ qişloq xöjaligi vazirligida Xitoydan rozmarin, yalpiz, lavanda uruğlari jönatilgani, ular orasida hayot uçun xavfli ösimliklar aniqlanmagani ma'lum qilingan. Vazirlikda bu Xitoy internet-dökonlaridagi nopok sotuvçilar tomonidan amalga oşirilayotgan firibgarlik bölişi mumkinligi taxmin qilingan. Ular şu tariqa öz reytingini oşirgan bölişi mumkin. 

Xitoy rasmiy idoralari bunday jönatmalarga aloqalari yöqligini ma'lum qilişgan. Xususan, Xitoy poçta xizmati bu masalada AQŞ idoralari bilan hamkorlik qilişga tayyorligini ma'lum qilgan va nopok jönatuvçilarni aniqlaş uçun şubhali jönatmalarni ortga qaytarişni söragan.