2018 yilning 12 mart kuni Özbekiston Respublikasining Qozoğistondagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Saidikrom Niyozxöjayev Qozoğiston taşqi işlar vaziri örinbosari Ğalimjan Qoyşibayevga işonç yorliqlari nusxasini topşirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Tegişli marosimdan söng elçi taşqi işlar vaziri Qayrat Abdraxmanov tomonidan qabul qilindi. Vazir S.Niyozxöjayevni yuqori lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.
Bölib ötgan suhbat davomida Özbekiston-Qozoğiston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.









