AQŞ prezidenti Donald Tramp Reks Tillersonni Davlat departamenti rahbarligidan oldi va uning örniga Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq direktori Maykl Riçard «Mayk» Pompeo tayinladi.

«MRB direktori Maykl Pompeo bizning yangi davlat kotibimiz böldi. U yangi lavozimida fantastik darajada işlaydi!», deya yozdi Tramp. Pompeo özidan avvalgi Reks Tillerson kabi diplomatik lavozimda barçasini noldan boşlaydi, unda bu sohada tajriba yöq, ammo u sobiq davlat kotibidan farqli ravişda Vaşingtonda maxfiy xizmatlarda töplangan köp yillik tajriba bor. Quyida AQŞning endilikda taşqi siyosatidagi asosiy şaxsining biografiyasi, siyosiy yöli va qaraşlari töğrisidagi ma'lumotlar keltiriladi.

GDR çegaralaridan Kaliforniyagaça
Maykl Pompeo 1963 yilning 30 dekabrida Kaliforniya ştatining Orinj şaharçasida dunyoga kelgan. U qöşni Santa-Ama şaharçasidagi «Los-Amigos» maktabida öqigan. 19 yoşida u Nyu-York ştati, Vest-Poyntdagi harbiy akademiyaga hujjat topşirib, öqişga kiradi. 1986 yili Pompeo 973 nafar bitiruvçi orasida maşinasozlik borasida eng yaxşi darajali talaba böladi.

Harbiy akademiyani tamomlaganidan keyin Pompeo harbiy xizmatga ketadi va 5 yilini armiyada, Germaniya Federativ respublikasining Germaniya Demokratik respublikasi bilan çegara hududida ötkazadi. 1991 yili kapitan Pompeo armiyadan ketadi.

Harvarddan kosmik sanoatga
Armiyadagi xizmatdan qaytib kelgaç, Pompeo dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri bölmiş — Harvard universitetiga öqişga kiradi. 1994 yili u yuridik fanlar doktori darajasini oladi. Tahsil çoğida u Harvard Law Review jurnalida muharrir bölib işlaydi. Keyingi ikki yarim yilni Pompeo Kolumbiya okrugi, Vaşington şahridagi Williams & Connolly yuridik firmasidagi işiga bağişlaydi.

34 yoşida u aviatsiya, mudofaa va kosmik sanoat uçun qismlar işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan Thayer Aerospace & Private Security kompaniyasiga asos soladi. Kompaniyada u 2006 yilgaça işlaydi, keyin öz uluşini Thayer ga sotib, neft qazib oliş uçun jihozlar işlab çiqaruvçi Sentry International kompaniyasi prezidenti sifatida iş boşlaydi. 2010 yilda esa u siyosatga qadam qöydi —  Kanzas ştatidan Vakillar palatasiga saylanadi. Öşandan buyon u 4 marta Kongressdagi saylovlarda ğolib çiqdi va ultrakonservatorlar qanotining közga köringan vakillaridan biriga aylandi.

Kongressdan MRBga
2010 yilda heç qanday siyosiy faoliyat tajribasiga ega bölmagan Pompeo avvaliga Respublikaçilar partiyasida praymerizda ğolib çiqişga muvaffaq böladi, keyinroq Kanzas ştatida 4-saylov okrugida 58,8 foiz saylovçining işonçini qozonib, Vakillar palatasiga saylanadi.