Belgiyaning Antverpen şahridagi savdolar vaqtida tarixdagi eng yirik olmoslardan biri – “Lesoto afsonasi” 40 mln dollarga sotildi. Bu haqda Gem Diamonds Ltd britan kompaniyasi ma'lum qildi.

Bu olmos joriy yanvarda Afrikaning Lesoto qirolligidagi Letseng konida topilgan. Qimmatbaho toş D rangga ega va IIa turiga mansub, ya'ni bu olmos deyarli yot jismlarga ega bölmagan şaffof olmosdir. Uning oğirligi 910 karatni (182 gramm) taşkil qiladi. 

Letseng koni Gem Diamonds kompaniyasi va Lesoto hukumatining umumiy mulki bölib, 2006 yilda bu yerda 603 karatli “Lesoto va'dasi” toşi topilgan va u yirikligi böyiça tarixdagi 15-raqamli olmos hisoblanadi.

Antverpenda sotilgan olmos esa yirikligi böyiça 5-raqamli olmos hisoblanadi.

2017 yil sentabrda Kanadada dunyodagi eng yirik olmos Lesedi La Rona sotilgandi. Uşbu olmosni Graff Diamonds kompaniyasi 53 mln dollarga sotib olgan.