Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaota – Toshkent poyezdi endi ko‘proq qatnaydi
Foto: Tengrinews
Olmaota – Toshkent poyezdining harakatlanish davomiyligi oshadi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Xabarda aytishicha, Samarqand – Ostona yo‘nalishidagi “Nurli jol” yangi temir yo‘l poyezdi qatnovi ham yo‘lga qo‘yilyapti.
Xabar berilishicha, 2018 yilning 18 martidan 1/2-sonli Olmaota – Toshkent poyezdining harakatlanish davomiyligi haftasiga uch martaga ko‘paytiriladi. Olmaotadan Toshkentga yo‘l yurish vaqti – 17 soatu 17 daqiqa.
Shuningdek, 2018 yilning 1 aprelidan 251/252-sonli Samarqand – Ostona yo‘nalishidagi “Nurli jol” xalqaro poyezdi yo‘lga qo‘yiladi. U haftasiga bir marotaba Ostonadan seshanba kunlari, Samarqanddan esa – yakshanba kunlari harakatlanadi.
Mavzuga oid
17:12 / 27.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
17:44 / 26.05.2026
Hayit kuni Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
17:55 / 25.05.2026