Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2018 yil 15 mart kuni amaliy taşrif bilan Ostona şahriga boradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Taşrif doirasida Özbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining keng kölamli kun tartibiga ega birinçi maslahat uçraşuvida iştirok etadi.

Uşbu uçraşuvni ötkaziş taklifi Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Boş Assambleyasining 2017 yil sentabr oyida ötgan 72-sessiyasida ilgari surilgan hamda Samarqand şahrida bölgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada yaxlit dastur darajasigaça rivojlantirilgan edi.

Özbekistonning uşbu taşabbusi mintaqaning barça mamlakatlari tomonidan qöllab-quvvatlandi. Qozoğiston oliy darajadagi birinçi uçraşuvni Ostonada ötkazişni taklif etdi.

Davlat rahbari şu kuni Qozoğistonda Özbekiston yilining rasmiy oçiliş marosimida iştirok etadi.

Şuningdek, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qozoğiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uçraşuvi ham rejalaştirilgan.