Özbekiston terma jamoasi sobiq hujumçisi Aleksandr Geynrix futbolçilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda KazFootball naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, Geynrix Qozoğistonning «Aqtöbe» jamoasida seleksioner murabbiy lavozimida iş boşlagan.

Toşkentning «Paxtakor» jamoasi sobiq futbolçisi professional faoliyatini 2001 yili «Döstlik» jamoasida boşlagan. U «Paxtakor», «Lokomotiv», TsSKA va «Torpedo», «Suvon Blyuings», BAAning «Emireyts» Qozoğistonning «Aqtöbe» va «Ördabas» jamoalarida faoliyat olib borgan.

Geynrix Qozoğiston Premer-ligasida 110 uçraşuvda maydonga tuşgan va raqiblar darvozasini 28 bor işğol qilgan. Özbekiston milliy terma jamoasida 98 uçraşuvda maydonga tuşib 31golga mualliflik qilgandi.