Özbekiston va Qozoğiston Respublikalari örtasida ikki tomonlama hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning 17-yiğilişida turizm böyiça Hamkorlik memorandumi imzolandi. KUN.UZ muxbiri Qömita vakillari bergan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Ostona şahrida bölib ötgan yiğilişda 2018 yilda "Qozoğistonda Özbekiston turizmi yili"ni ötkazişga doir qöşma çora-tadbirlar rejasi Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.Abduhakimov va Qozoğiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi qoşidagi Turizm sanoati qömitasi raisi M.Murzamadiyeva tomonidan imzolandi.

Hujjatda ikki mamlakatning turizm sohasi böyiça tajriba almaşişi, Qozoğiston Respublikasida ötkaziladigan körgazmalarda özbekistonlik turistik kompaniyalarning iştirokini ta'minlaş, şuningdek Qozoğistonda Özbekiston turizmi kunlarini ötkaziş, ikki mamlakat örtasida turistik forumni taşkillaştiriş kabi qator muhim tadbirlar örin olgan. Şuningdek unda sayyohlarning transçegaraviy harakatlaniş jarayonlarini soddalaştirişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş ham közda tutilgan.











