Senegal janubi-ğarbida, sohil yaqinida armiya vertolyotining qulaşi oqibatida 13 kişi bedarak yöqolgan, 7 kişi qutqarib qolingan. Bu haqda mahalliy Senego axborot portali ma'lum qildi.
Voqea Fatik viloyatidagi Missira qişloği yaqinida yuz bergan. Portal ma'lumotlariga köra, vertolyot bortida 20 kişi – 16 yölovçi va ekipajning 4 a'zosi bölgan. Hukumat ma'lumotlariga köra, 7 kişini suvdan çiqarib olişga muvaffaq bölingan. Qolgan 13 kişining taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.
Voqea yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.








