Toşkentning «Bunyodkor» klubi yarimhimoyaçisi Şohruh Gadoyev Janubiy Koreyaning nufuzi jihatdan ikkinçi divizioni sanalagan «Key Liga 2» vakili «Dejon Sitizen» klubi bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Manbaga köra, 26 yoşli özbekistonlik futbolçi jamoa bilan keyinçalik yana bir yilga uzaytiriş mumkin bölgan ikki yillik («2+1» körinişidagi) şartnoma imzolagan.

Gadoyev futbolçi dejonliklar tarkibida 30-raqam ostida öynaydigan böldi.

Ma'lumot uçun, Gadoyev töp suradigan «Dejon» jamoasi çempionatning dastlabki ikki uçraşuvida imkoniyatni boy berib qöygan va ligada 10ta jamoa içida oçko töplay olmagan yagona jamoa sifatida sönggi örinda bormoqda. Jamoa birinçi turda «Buçon 1995», ikkinçi turda esa «Ansan Griners» jamoalariga imkoniyatni boy berdi.