Joriy yilning ikkinçi yarmida "Toşkent-Samarqand-Buxoro-Xiva" va "Çimkent-Turkiston-Ostona" yönalişlari böyiça (şu jumladan, aks yönalişda) kombinatsiyalangan turlar taşkil etiladi. KUN.UZ muxbiri Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi vakillari bergan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Şuningdek, "Samarqand-Ostona", "Samarqand-Olmaota", "Urganç-Ostona", "Urganç-Olmaota", "Buxoro-Ostona", "Buxoro-Olmaota", "Nukus-Atirau", "Buxoro-Atirau" va boşqa talabgor yönalişlar böyiça muntazam transport qatnovlarini yölga qöyiş masalasi körib çiqiladi.

Bundan taşqari, 2018 yilning ikkinçi yarmida  sayyohlarning transçegaraviy harakatlanişlarini soddalaştiriş maqsadida Özbekiston-Qozoğiston çegarasida doimiy asosda transçegaraviy "yaşil koridor" taşkil etiladi.