Turkiya harbiy-havo kuçlari Suriyaning Afrinidagi şifoxonaga aviazarba berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Uşbu aviazarba oqibatida oddiy aholi vakillaridan 16 nafari halok böldi, deb ma'lum qilgan SANA agentligi. Qurbonlar orasida bolalar ham borligi aytilyapti. Şuningdek, bombardimon oqibatida önlab jabrlanganlar haqida xabar qilingan. Şifoxona direktorining sözlariga köra, yetkazilgan zarar tufayli muassasa bemorlar uçun yopib qöyilgan.
Şu bilan birga, Turkiya Qurolli kuçlari boş ştabining tvitterdagi sahifasida xabar berişiça, Afrindagi şifoxonaga heç qanday aviazarba berilmagan.
«Turk qurolli kuçlari tomonidan Afrindagi şifoxonalar bombardimon qilingani haqidagi xabar haqiqatdan yiroq», - deyiladi xabar matnida.
Turkiya boş ştabidan ta'kidlaşlariça, Suriyada «Zaytun novdasi» amaliyoti oddiy aholiga zarar keltirmagan holda ötkazilmoqda.












