09:30 / 19.03.2018
11241

Angliya Kubogida yarim finalning barcha ishtirokchilari ma'lum. Qur'a tashlandi

Angliya Kubogining chorak finalida «Chelsi» «Lester»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Lesterdagi «King Pauer - Uolkers» stadionida kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa londonliklar g‘alabaga erishdi.

O‘yinda hisobni 42-daqiqada Alvaro Morata ochdi. Ikkinchi bo‘limda Jyeymi Vardi javob golini urdi. Qo‘shimcha vaqtda Pedro Rodriges «Chelsi»ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifi bo‘ldi.

Shuningdek, bu bosqichda «Uigan» va «Sauthempton» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uigandagi «DW» stadionida kechgan o‘yin mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi - 0:2.

O‘yindagi birinchi gol «Sauthempton» yarim himoyachisi Per-Emil Heyberg tomonidan 62-daqiqada urildi, o‘yin oxirida Sedrik mehmonlarning ustunligini mustahkamladi.

Shu tariqa, Angliya Kubogida «Tottenhem», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Sauthempton» ishtirok etadigan bo‘ldi.

Angliya Kubogi
1/4 final

Lester – Chelsi 1:2 (0:1, 1:0, 0:1)
Gollar: 0:1 – 42 Morata, 1:1 – 76 Vardi, 1:2 – 105 Pedro.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Simpson (Diabate, 105), Maguayr, Marez, Iborra (Adriyen Silva, 105), Ndidi, Olbrayton (Grey, 115), Ixeanacho (Okadzaki, 68), Vardi.
Chelsi –    Kabalero, Aspilikueta, Kristensen (Keyxill, 101), Ryudiger, Mozes, Villian (Pedro, 92), Kante, Azar, Bakayoko (Fabregas, 46), Alonso, Morata (Jiru, 105).
Ogohlantirishlar: Maguayr (25), Bakayoko (45), Mozes (89).

Uigan – Sauthempton 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 62 Xeyberg, 0:2 – 90 Soaresh.
Uigan – Uolton, Bern, Dankli, Elder, Pauer, Birn (Xant, 80), Roberts (Kolklaf, 66), Morsi, Djyeykobs, Grigg, Messi (Pauell, 66).
Sauthempton –    Makkarti, Stivens, Bertran, Soaresh, Xudt, Tadich, Xeyberg, Lemina, Bufal (Redmond, 65), Karrilo (Long, 81), Gabbyadini (Romeu, 87).
Ogohlantirishlar: Bern (72), Dankli (85).

Yarim finalning barcha ishtirokchilari nomi ma'lum bo‘lgach, qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Manchester Yunayted» – «Tottenhem»

«Chelsi» – «Sauthempton»

O‘yinlar 21-22 aprel kunlarida o‘tkaziladi.

Foto: Premer Liga
Top