Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda köplab muhokamalarga sabab bölayotgan Kattaqörğon tumanidagi 42-maktabning mehnat ta'limi öqituvçisi, 23 yoşli Diana Yenekeyevaning vafoti barçani çuqur qayğuga soldi.

Voqeaning tafsilotlari, kelib çiqiş sabablari, oqibatlari haqida ortiqça gapirmoqçi emasman. Şu örinda savol tuğilişi mumkin: maktab öqituvçisi haşar işlariga jalb qilingan vaziyatda vafot etsa, uning oilasiga zarar, ya'ni xalq tili bilan aytganda tovon puli tölanadimi? Keling, şu masalani batafsil körib çiqamiz.

Iş beruvçi qanday zararlarni tölaşi kerak?

Mehnat kodeksining 192-moddasiga binoan xodim mehnatda mayib bölişi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajariş bilan boğliq holda soğliğiga boşqaça tarzda şikast yetişi sababli vafot etgan hollarda iş beruvçi marhumning qaramoğida bölgan mehnatga qobiliyatsiz şaxslarga, şuningdek ön olti yoşga tölmagan yoki u vafot etgan kunga qadar undan ta'minot oliş huquqiga ega bölgan şaxslarga, marhumning vafotidan keyin tuğilgan farzandiga, şuningdek ota-onasidan biriga, umr yöldoşiga yoki oilaning boşqa a'zosiga, agar u işlamasdan marhumning uç yoşga yetmagan bolalari (ukalari, singillari) yoki nevaralarining parvarişi bilan band bölsa, zararni tölaşi şart.

193-moddasida esa zarar miqdori körsatilgan bölib, vafot etgan boquvçining qaramoğida bölgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirişga haqli bölgan mehnatga qobiliyatsiz şaxslarga tölanadigan zarar miqdori marhumning örtaça oylik iş haqi miqdorida belgilangan. Demak, Diananing öğli 16 yoşga tölgunça onasining örtaça oylik iş haqi miqdorida zarar tölovini olişi kerak.

Şuningdek, Mehnat kodeksining 194-moddasiga binoan xodimning vafoti munosabati bilan iş beruvçi marhumning olti yillik örtaça iş haqidan kam bölmagan miqdorda biryöla beriladigan nafaqa tölaşi ham kerak böladi. Masalan, bu miqdor örtaça 1 million söm iş haqi oladigan xodim uçun 72 million sömni taşkil etadi.

Yetkazilgan zararni tölaş tartibi qanday?

Eng avvalo Diananing ölimi işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisa hisoblanadimi yoki hisoblanmaydimi degan savolga javob topiş kerak. Buning uçun baxtsiz hodisa maxsus tekşiruvdan ötkazilişi lozim.

Bunday tekşiruv Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida ötkaziladi.