Samarqand viloyat hokimi Turobjon Jörayev viloyatning Kattaqörğon tumanidagi 42-maktab öqituvçisi Diana Yenekeyevaning ölimi bilan yakunlangan voqeaga öz munosabatini bildirdi.
Kun.uz tahririyatiga kelib tuşgan munosabat nomasida viloyat rahbari şunday deydi:
«Samarqand viloyat hokimligi va şaxsan öz nomimdan Kattaqörğon tumanida yöl-transport hodisasi natijasida halok bölgan Diana Yenekeyevaning fojiali ölimi tufayli çuqur hamdardlik izhor etişga ijozat bergaysizlar. Har bir inson hayoti biz uçun öta muhim va sodir bölgan voqea yöllarda xavfsizlikni kuçaytiriş zaruriyatini bildiradi. Vafot etgan ayolning oila a'zolariga ma'naviy va moddiy yordam körsatiladi.
Bundan taşqari, uşbu hodisa xolis suriştirilişi va huquqiy baho berilişi ta'minlanişiga söz beraman.
Baxtsiz hodisaning Davlatimiz rahbarining viloyatimizga taşrifi bilan boğlab ommaviy axborot vositalarida turli xabarlar va munosabatlar bildirilayotgani noxolis talqin hisoblanadi va haqiqatga mos kelmaydi. Şu munosabat bilan, jamiki ommaviy media vakillarini uşbu holatni yoritişda xolisonalikka rioya qilişga, bir tomonlama yondaşuvdan qoçişga çaqiramiz.
Ijtimoiy soha xodimlari mahalliy hokimiyat organlari va boşqarmalar tomonidan hududlarni obodlaştiriş işlariga çiqarilmagan va bundan keyin ham jalb qilinmasligiga viloyat rahbari sifatida söz beraman», — deya öz nomasini yakunlagan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jörayev.








