Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudining 2 avgust kuni bölib ötgan yopiq sud majlisida Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jörayev va uning şeriklariga nisbatan sud hukmi öqilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi ma'lum qilmoqda.

Manba ma'lumotiga köra, T.Jörayev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167- («özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş»), 206- («hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çiqiş»), 210- («pora oliş») va 243- («jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş») moddalari bilan aybdor deb topilgan hamda 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

T.Jörayevning örinbosari Ötkir Abdullayev JKning 210-moddasi bilan aybdor deb topilib 10 yilga, viloyat hokimligi boş mutaxassisi Bahodir Xöjaqulov JKning 206-, 210-, 243-moddalari bilan ayblanib 7 yilga, mutaxassis Botir Abdullayev JKning 210- va 243-moddalar bilan 7 yilga qamalgan bölsa, Tölqin Sulaymonovga 210- va 243-moddalar bilan bilan 5 yilga ozodlikdan çeklaş jazosi hamda eng kam iş haqining 300 barobari miqdoridagi jarima tayinlangan.

Kun.uz ma'lumotiga köra sudning yakuniy hukmi e'lon qilingunga qadar ozodlikda yurgan O‘.Abdullayev bugun sud zalidan qamoqqa olingan. 

Ma'lumotlarga köra, tergov materiallarida «Jinoiy guruh rahbari» deya körsatilgan Turobjon Jörayev Samarqand şahrida köp qavatli turar joylar quriş uçun pudratçilardan jami 2 mln 140 ming AQŞ dollari miqdorida pora olgan.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning 13 iyulida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining «Feysbuk»dagi sahifasida huquqni muhofaza qiluvçi organlar yirik korrupsion sxemaga çek qöygani haqidagi lavha e'lon qilingan edi.

2018 yil 24 dekabrda Samarqand viloyati sobiq hokimi Turobjon Jörayevga nisbatan tergov yakunlanib, iş sudga oşirilgani xabar qilingan edi.

Öz vaqtida Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri lavozimida işlagan Turobjon Jörayev Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlariga ham rahbarlik qilgan. 2008 yildan 2011 yilgaça u Surxondaryo viloyati hokimi bölgan. 2011 yilda uni qöşni Qaşqadaryo viloyatiga ötkazişgan. 

2013 yilning sentyabrida Özbekistonning birinçi prezidenti I.Karimov T.Jörayevning faoliyatini keskin tanqid ostiga olib, uni Qaşqadaryo viloyati hokimi lavozimidan böşatgan edi.