Samarqand viloyati arxitektura va quriliş Boş boşqarmasi boşliği örinbosari, viloyat boş arxitektori Norqul Saidoviç Sodiqov işdan olingan.
Kun.uz manbasi aniqlik kiritişiça, u öz arizasiga köra egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Qayd etiş kerakki, Norqul Sodiqov Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi a'zosi hisoblanadi.
Keyingi vaqtlarda Samarqand viloyatida quriliş sohasida qator muammolar kuzatilmoqda. Xususan, viloyatning sobiq boş hokimi Turobjon Jörayev ötgan yilning yozida quriliş kompaniyalaridan katta miqdorda pora olişda gumon qilinib qölga olingandi. Uning qölga olinişi ortidan viloyatdagi 28ta quriliş kompaniyasi rahbarlari ham uşlandi.
Joriy yilning fevralida Samarqandda yirik tadbirkor Umar Rajabov va uning öğli Ruslan Rajabov qamoqqa olindi. Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» MÇJ rahbari va boşqalarga nisbatan JKning 168-moddasi, 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Keyinroq Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hokimlikdagi quriliş işlari bilan boğliq yiğiliş ötkazib, soha «korrupsiyaga botgani» haqida gapirdi.
«Qurilişdagi pinhona kelişuvlar, hujjatlardagi soxtaliklar, tender tanlovlari yopiqligi sohadagi qonun buzilişlari hamda korrupsiyaga yöl oçgan. Ayniqsa, qadimiy şahardagi ayrim tarixiy meros obektlariga zarar yetgan. Bu holat UNESCO ma'muriyatining e'tiroziga sabab bölgan», — degandi viloyat hokimi.











