Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Navro‘z kuni qaysi ko‘chalar transport uchun berkiladi? (foto)
Samarqand shahrida 21 mart — Navro‘z umumxalq bayramining asosiy tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani munosabati bilan shaharning ayrim maydonlari va ko‘chalarida transport harakatlari cheklanadi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YXHB axborot xizmati ma'lum qildi.
Jumladan, shaharning «Yoshlik» va «A.Navoiy» madaniyat va istirohat bog‘larida, Ro‘dakiy maydonida, Alisher Navoiy (sobiq Mustaqillik) va Mustafo Kamol Otaturk ko‘chalarida, Ruhobod maydoni, viloyat musiqali drama teatri va Musiqali favvora oldida, Islom Karimov ko‘chasi va Registon maydonida, Kimyogarlar, So‘lim (Xishrav) va Farhod shaharchalarida jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida, tadbir kunlari 21-22 mart kunlarida shaharning quyidagi ko‘chalarida yo‘llar yopiladi:
- Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Universitet xiyobonining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Orzu Mahmudov ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida ikki tomonlama;
- Bobur Mirzo ko‘chasining Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Amir Temur ko‘chasining Shohrux Mirzo ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Bo‘stonsaroy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Shohrux Mirzo ko‘chasining Pochta ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Ruhobod ko‘chasining Amir Temur maqbarasi oldidan Registon ko‘chasi tutashmasigacha bo‘lgan qismida;
- Amir Temur maydonidan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko‘chasida;
- Registon ko‘chasining Universitet xiyobonidan Panjakent ko‘chasigacha (non bozorchasigacha) bo‘lgan qismida;
- Dahbed ko‘chasining Registon ko‘chasidan Imom al-Buxoriy ko‘chasi ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Kulolon ko‘chasining Registon ko‘chasidan Umar Xayyom ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Beruniy ko‘chasining Qozizoda Rumiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ro‘dakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- «Yoshlik» istirohat bog‘ining yonidagi tor ko‘chada;
- Bag‘dod ko‘chasining Al-Xorazmiy ko‘chasi bilan tutashmasidan 42-umumta'lim maktabining yonidagi 1-tor ko‘chagacha bo‘lgan qismida;
- Kimyogarlar shaharchasi Umid ko‘chasining Ziyolilar ko‘chasidan «Kimyogarlar» madaniyat saroyigacha bo‘lgan qismida.
Bundan avvalroq, 21 mart kuni Samarqandga Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev kelishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026