Seni unutmaymiz, Saşa «Geniy». Geynrixning eng muhim 10 goli
|22:50 / 19.03.201856 14615 min
Foto: OFKFoto: OFK
Saşa Geynrix. Kim özi u? Aslida u heç qaçon bizni öziga işontirmagan. Bunga harakat ham qilmagan balki. Misol uçun, Şkvirin kabi hammamizni oldinga boşlamasdi, Maksga öxşab, har qanday paytda ham çaqirilişi şart bölgan ruyxatga kirmagan. U haqida doim munozara qilingan, kimdir uni futbolimizdagi eng zör futbolçi desa, boşqasi umuman terma jamoaga loyiq emasligini aytadi. Butun ahli muxlis buralab sökayotgan pallalar, yana qanaqadir öyinlar, gollar va endi, butun mamlakat bir bölib terma jamoa boş murabbiyiga bosim ötkazişni boşlaydi – Geynrixni olasan! Geynrix maydonda, nihoyat. Xuddiki, orzuimizning yarmiga yetişdik, qolgan yarmini mana şu nostandart futbolçi amalga oşiradigandek. Çiroyli zarbani bajaradi. Kimnidir aldab, golli pas beradi. Heç bölmasa, aslida bölmagan penaltini işlab beradi. Heç bölmasa, doim bizni yiğlatadigan arablarning ustidan kulib berar? Qayoqda... Yonidagi töpga yugurmaydi, qulay vaziyatlarni kökka sovuradi, maydonni tark etadi. Nahotki, mana şu futbolçini deb şunça kuyungandik? Qiziğ-a?
U haqidagi fikrlar doim turliça. Ba'zan ajoyib qiliqlari bilan jamoadoşlariga zavq bağişlaydi, ba'zida kimdir töp oşirmagani uçun arazlab, uzoq vaqt öyinga qöşilmay yuraveradi. Ba'zan qulay vaziyatda turgan şerigini «körmasdan», ilojsiz holda raqibni aldaşga kirişib ketadi, ba'zida esa oçiq darvoza qarşisida jamoadoşini qidiradi. Maydondagi pozitsiyasidan tortib, aslida qanday öyinçi ekanigaça bahstalab! Saşani bu qoniqtiradi, u heç qaçon bizni öziga işontirmaydi. Şu bilan birgalikda, usiz ham iloji yöqligini beixtiyor uqdirgandek, maydonda öz bilganini qilaveradi. Saşaning «öz bilgani» esa, köpinça bizni ham hayratga soladi, zavq beradi, çunki tan oling, u – geniy.
U bizga yana bir muhim narsani berardi. U hatto maydonga tuşmay, zaxirada ötirgan paytlarda ham foydali edi: biz ikkinçi bölimda uning tuşişini va öyinni özgartirişini kutib ötirardik. Umid bölardi. Umidsiz futbol muxlisini tasavvur qilasizmi? Men, yöq.
Salkam ön beş yil «Paxtakor» va terma jamoamiz muxlislariga quvonçi onlar taqdim etib kelgan hujumçi Aleksandr Geynrix öz faoliyatini yakunlaşini e'lon qildi. Bu voqea bir kun yuz berişini bilsak-da, qalbimizda qandaydir böşliq paydo bölgani şubhasiz.
U haqida köp yoziş mumkin. Mayli, gollari gapirsin. E'tiboringizga uning terma jamoamiz safida kiritgan eng muhim gollari önligini havola qilamiz.
10-ÖRIN
28.01.2011. Doha. Osiyo kubogi. 3-örin uçun bahs. Janubiy Koreya – Özbekiston 3:2
Geynrix juda köp marotaba, rusça ta'birga qiyosan aytganda, «prestij uçun gollar»ning muallifi bölgan. JÇ -2006 saralaşida Koreya va Kuvayt, şuningdek Ukraina, Armaniston terma jamoalari qarşi örtoqlik öyinlaridagi gollar yorqin misol. Qatardagi «kiçik final»ga kiritilgan ikki gol terma jamoamizga oçko olib kelmagan bölsa-da, uşbu gollar biz uçun qadrli. Aynan yuqorida aytilgan ta'bir – «prestij goli» uçun juda mos keladi.
Mavzuga oid
Tasavvur qiling, Avstraliyadan oltita gol ötkazilgaç, Janubiy Koreya ham ketma-ket uçta gol kiritib ustimizdan muzdek suv quyib yubordi. Yarim finaldagi yirik hisob tasodif emas, Osiyo futbolimizdagi haqiqiy örnimiz ekaniga işonişni umuman istamasdik albatta. Geynrix ham buni istamadi, haqiqiy yetakçilarga xos harakat qilib, şa'nimizni qisman saqlab qola oldi. Avvaliga Olim Navkarov işlagan penaltini golga aylantirgan bölsa, keyinçalik individual harakatlari yordamida hisobni yanada qisqartirdi. Töğri, boşqa golga kuçimiz yetmadi, ammo mana şu gollar şaxsan men uçun juda muhim ediki, öylaşimça, öşa Avstraliya tajribasidan keyin futbolçilarimiz öz kuçlariga qaytadan işonişlari uçun qandaydir muhim faktor vazifasini ötadi.
9-ÖRIN
11.03.2007. Almati. Alma TV kubogi. Qozoğiston – Özbekiston 1:1
Bir paytlar qozoğistonliklar yaxşi işni boşlaşgandi. Davraviy formatda maydon egalari, biz, Ozarboyjon va Qirğiziston terma jamoalari homiy ta'sis etgan boş sovrin uçun uçun kuraşişdi. Terma jamoamiz Ozarboyjonga yutqazib, qirğizlarni yirik hisobda yengdi. Maydon egalari ikki öyinda ğalaba qozondi. Xullas, sönggi turga kelib, şunday vaziyat paydo böldiki, mezbonlarni durang ham qoniqtirar, terma jamoamiz esa turnir ğolibi böliş uçun ğalaba qozonişi kerak edi. Ana öşanda uç jamoada oltitadan oçko bölar, qirğizlarga eng köp golni biz urgandik.
Hisobni mezbonlar oçişdi. 35-daqiqada esa, Aleksandr Geynrix çiroyli gol kiritdi va hisobni tenglaştirdi. Uçraşuv oxiriga borib, vakillarimizda hisobda oldinga çiqib oliş uçun yuzaga kelgan imkoniyatlar, qirğizistonlik hakamning xatolari va Anvar Soliyevning quyoşqondan çiqib ketgani barçaning esida bölsa kerak. Menimça, buni qöşnilarimiz ham unutişmagan bölsa kerakki, turnir ham «tagiga oldi».
Doimo bizga oson tuyulgan bu bosqiçni Şimoliy Koreyada 2:4 hisobidagi mağlubiyat bilan boşlagaç, terma jamoada nimanidir özgartiriş ehtiyoji paydo bölgandi. Qosimov iste'foga çiqarilib, Samvel Babayan boşqaruvga kelgaç, jamoa muhitini qandaydir ijobiy özgarişlar sezilgan va ikki yillik tanaffusdan söng, Geynrixni terma jamoaga qaytargandi.
Hujumçi bu işonçga munosib javob qaytardi. Yamanliklar himoyada yaxşi öynab, futbolçilarimizga imkoniyat bermayotgan bir paytda maydonga tuşgan Geynrix hujum çiziğiga yanada mazmun kiritdi. Uning goli Özbekistonning ğalabasini ta'minladi va guruh peşqadamiga aylantirdi.
Yuqoridagi öyinga öxşaş xarakterdagi yana bir öyin. Umuman bunday vaziyatlarda gol kiritiş aynan Geynrixga xos. U köpinça terma jamoamizning yagona gollarini urgan yoki hisobni oçgan. Ya'ni raqib kuçlilik qilayotganda yoki jamoa öyini qovuşmayotgan paytda u taşabbusni öz qöliga olar va individual mahorati evaziga çiroyli gol kiritardi.
Bu safar JÇ-2010 saralaşining uçinçi bosqiçida Toşkentda Singapurni qabul qilgandik. Safarda aynan uşbu jamoani 7:3 hisobida yutganimiz tufayli, Toşkentda köpçilik gollar şousini kutgan bölişi ehtimol. Ammo keyingi bosqiçdan faqat nazariya ajratib turganini bilgan futbolçilarimiz gol urişni uddasidan çiqa olmayotgandi. Öyin zerikarli tus olayotgan bir pallada, Inileyev maydonga Geynrixni tuşirdi. Öyinning 65-daqiqasi edi. Öyinda jonlaniş darrov sezildi va oradan 15 daqiqa ötar ötmas hujumçi hisobni oçdi. Hisob öyin oxirigaça özgarmay qoldi va aynan şu ğalabadan söng, rasman keyingi bosqiçga çiqdik. Livan va Saudiyaga qarşi keyingi uçraşuvlar faqat rasmiyatçilik uçun kerak böldi, xolos.
6-ÖRIN
16.01.2011. Doha. Osiyo kubogi. Xitoy – Özbekiston 2:2
Geynrix ijrosida yana bir superzarba. Esingizda bölsa, guruhdagi ikki öyinni ğalaba bilan yakunlagan bölsak-da, keyingi bosqiçga çiqa olmaslik xavfi oz bölsa-da bizni ta'qib qilayotgandi. Agar Xitoy bizni yutsa, oçkolar böyiça bizga yetib olar, mabodo ikki töp farqi bilan ğalaba qozonsa, biz guruhda uçinçi öringa tuşib ketişimiz mumkin edi.
Öyinning dastlabki daqiqalaridayoq hisobni oçgan xitoyliklar biroz xavotirimizga sabab bölişdi. Yaxşiyamki, Abramov jamoasi tezda öziga keldi va odatdagi «kvadrat»larini öynaşga tuşib ketdi. Çiroyli kombinatsiyani mantiqiy yakuniga yetkazgan Ahmedov hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölimning ilk daqiqasida, hali futbolçilar tanaffusdagi körsatmalarga kirişmasdanoq, Saşaning öttiz metrlar masofadan yöllagan superzarbasi barça xavotirlarimizni tarqatib yubordi. Keyinçalik raqib hisobni tenglaştirgan bölsa-da, bu guruhda ğolib bölişimizga xalaqit bermadi.
5-ÖRIN
22.07.2004. Çengdu. Osiyo kubogi. Guruh bosqiçi. Özbekiston – Saudiya Arabistoni 1:0
Sovrinli örinlar ostonasida uning jarima maydoni taşqarisidan yöllagan yana bir zarbasiga duç kelamiz. Yodingizdami?
Xitoydagi Osiyo çempionati guruh bosqiçida Iroq, Turkmaniston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgandik. Iroqqa qarşi dastlabki öyinda Qosimovning jarimadan kiritgan goli ğalaba keltirgan bölsa, uşbu öyining 13-daqiqasidayoq Saşa hisobni oçdi. Bu gol öyining oxirigaça özgarmay qoldi va muddatidan oldin bizni çorak finalga olib çiqdi.
4-ÖRIN
30.07.2004. Çengdu. Osiyo kubogi. Çorak final. Bahrayn – Özbekiston 2:2
Futbolimiz tarixidagi eng alamli uçraşuvlardan biri Geynrixning çiroyli goli bilan boşlangandi. Guruh bosqiçida vakillarimiz har uççala uçraşuvni ham 1:0 hisobida yakunladi va qaysidir ma'noda hali tugaganiga bir oy ham bölmagan Portugaliya-2004 dagi Gretsiyani eslatib yuborayotgandi. Qiziği, kiritilgan uç goldan ikkitasini Mirjalol Qosimov jarima zarbasidan kiritgandi.
Birinçi bölimda hisob oçilmadi. 60-daqiqada esa, yana qulay nuqtadan jarima zarbasi belgilandi. Albatta deyarli hamma, Qosimovdan navbatdagi zarbani kutayotgandi
Geynrix töpga yugura boşladi. Oldingi vaziyatlar kabi, uning töpdan sakrab ötib ketişini kutayotganimizda, hammani çalğitib zarbani ijro etdi va töpni Ali Saidning uzoq burçagiga joylab qöydi.
Afsuski, bu safar hisobni uşlab qola olmadik. 2:2 hisobida yakunlangan öyindan keyingi penaltilar seriyasida Geynrix öz imkoniyatini qöldan boy bermadi. Marat Bikmayev va Leonid Koşelev esa zarbani noaniq ijro etdi.
3-ÖRIN
13.10.2004. Oman. JÇ-2006 saralaş uçraşuvi, 3-bosqiç. Iroq – Özbekiston 1:2
Avvallari biz uçun muammosiz bölib kelgan 3-bosqiç bu safar juda xavotir bilan boşlandi. Bizga Iroq raqib bölgandi va faqatgina guruh ğolibi sönggi bosqiç iştirokçisiga aylanardi. Buning ustiga birinçi turda Toşkentda Iroq bilan zörğa durang öynadik. Yaxşiyamki, jonimizga Falastin terma jamoasi oro kirdi va Iroqdan qimmatli oçkolarni tortib oldi. Biz esa guruh peşqadamiga aylandik.
Baribir eng sönggi tur judayam tahlikali edi. Agar rasmiy mezbonlar (uçraşuv neytral maydonda, Oman şahrida bölgan) ğalaba qozonsa, bizni quvib ötişardi. Durang natija esa bizni qoniqtirardi. Maksim Şatskix öninçi daqiqadayoq hisobni oçdi. Oradan 12 daqiqa ötib esa Saşa hisobni 2:0 körinişiga yetkazdi. Iroq hisobni qisqartirgan bölsa-da, ikkinçi golni ura olmadi va qahramonimizning öşa zarbasi ğalaba goliga aylandi.
Terma jamoamizning eng muhim ğalabalaridan biri Geynrixning yagona goli evaziga qölga kiritildi. Suriyani Tojikiston almaştirib, ikki turda oçko ololmadi, Yaponiya qandaydir kutilmagan vaziyatlarni taqdim etmadi, demak, 3 va 4-turlardagi Şimoliy Koreya va Özbekiston töqnaşuvi öziga xos pley-offga aylanişi aniq bölib ulgurdi. Uşbu öyinlarda raqibidan köproq oçko töplagan jamoa oqibatda guruhdagi ikkinçi örinnni naqd qilib qöyişiga şubha yöq, albatta. Bu maqsad yölidagi eng katta qadam esa, safardagi öyinda taşlangani biz uçun ayni muddao.
Aziz Haydarovning zargarona töp uzatişini ta'kidlagan holda, bu golda baribir, Geynrixning mahorati ustunroq ekanini tan oliş kerak. Agar golni yana e'tibor berib tomoşa qilsangiz, töp dastlab Azizga borayotgan pallada aynan Geynrix öz maydonimizda töp uçun kuraş olib borgandi. Haydarov töpni egallab, uzoq masofaga uzatmani amalga oşirgunça, Geynrix raqib jarima maydoni yaqinida paydo böldi. Pozitsion kuraşda bir himoyaçini, töp bilan ikkinçi himoyaçini aldab ötdi va yaqin burçakni aniq nişonga oldi.
Aksariyat hollarda, terma jamoamiz sönggi bosqiçni mağlubiyat bilan boşlagan va aynan şu omil keyinçalik, vaziyatni önglaşda muammolar keltirib çiqargan. Bu safarga qur'adan söng, dastlabki öyin guruh autsayderi deb öylaganimiz Suriya bilan öz maydonimizda öynaşimiz kerakligi hammada optimistik ruh ulaşgandi.
Ammo bayram kuni ötkazilgan uşbu öyinda terma jamoamiz öyini qovuşavermadi. Töp heç raqib darvozasiga kiray demasdi. Nihoyat, öyinning 65-daqiqasida hamma kutib turgan holat yuz berdi - Geynrix zaxiradan maydonga tuşdi. Aynan uşbu uçraşuv taqdirini hal qilgan yagona gol muallifiga aylandi. Tariximizda birinçi marta saralaşning sönggi bosqiçini ğalaba bilan boşlay oldik.
Afsuski, musobaqaning ikkinçi yarmida terma jamoa işonçni oqlay olmadi va aynan Suriya bizga hatto uçinçi örinni ham bermadi. Lekin muhimlik va öşa paytdagi e'tibor bilan Aleksandr Geynrix bizga juda kerakli uç oçkoni taqdim etgandi.
Yana bir qiziq tomoni, uşbu gol Saşaning terma jamoamiz raqiblari darvozasiga urgan sönggi goli edi. Geynrixning eng sönggi goli uning Özbekiston libosidagi eng muhim goli bölib qoldi, deyiş mumkin.
BILASIZMI...
* Aleksandr Geynrix terma jamoa safida jami 31 gol urgan va bu körsatkiç böyiça faqat Maksim Şatskixdan (34) ortda qoladi xolos.
* Terma jamoa tarkibida eng köp maydonga tuşgan futbolçilar ruyxatida Geynrix Jyeparov (126) va Kapadzedan (119) keyin uçinçi örinda bormoqda. Ammo aksariyat öyinlarda u zaxiradan ham maydonga tuşganini e'tiborga olsak, uning terma jamoa libosida maydonda ötkazgan daqiqalari 8 nafar futbolçidan kam. Geynrix jami 22 öyinda asosiy tarkibda töliq öynagan, 44 öyinda zaxiradan maydonga tuşgan bölsa, 31 öyin davomida almaştirilgan.
* Maqolada aytilganidek, Geynrix köpinça, jamoa öyini qovuşmayotgan paytlarda katta sahnaga çiqadi. Albatta, bunday uçraşuvlar köproq safarda böladi. Ya'ni u TJ safida kiritgan 31 goldan 19tasini yurtimizdan taşqaridagi öyinlarda kiritgan. Lekin qiziği, u terma jamoamiz tarkibidagi sönggi 6 golini Toşkentda urgan.