OAVga deyarli intervyu bermaydigan özbek futboli afsonasi bilan uning futbolçilik faoliyati va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlaşdik.

«Futbolga qaytişdan oldin dam oldim»

– Hozir uydaman,Moskvada. Oilaviy işlar bilan şuğullanyapman, uzoq yillar bunga vaqtim bölmagandi. Töğrisi, biroz dam olişni xohladim. Futbolçilik faoliyatim tinimsiz safarlar bilan ötdi. Şuning uçun biroz oilam bilan birga bölişni istadim. Bu vaqtda kelajagim borasida qaror qabul qilib olişim ham kerak. Futboldagi faoliyatimning ikkinçi qismini yölga qöyib oliş lozim.

  Futbol masalasida tanaffusdaman. Buyoğiga nima qilişni istaşim va qaysi yönalişda ketişimni aniqlab olişim kerak. Takliflar bor, ammo köp hollarda ularga özimni tayyor emasdek his qilaman, qanday işlaş kerakligini töliq bilmayman. Men töliq öquv-amaliyot bosqiçlarini ötkazgaç, iş boşlaşni xohlayman. Şunçaki faoliyat olib borişni istamayman.

«Ehtimol, Toşkentda işlarman…»

– Futbolçilik vaqtimda murabbiylik, funksionerlik bilan şuğullaniş haqida öylamaganman. Lekin şuni bilardimki, futbolsiz yaşay olmayman. U butun hayotim davomida men bilan. Lekin aynan qandaydir rolda işlaş haqida öylamaganman.

  Hamma narsa bölişi mumkin. Mana hozir Özbekistonga keldim, döstlarimni ançadan beri körmagandim. Şundan kelib çiqib aytamanki, Toşkentda işlaşni juda xohlagan bölardim, özim tuğilgan Vatanimda.

  Sönggi bor qaçon öynadim? Keça öynadim-ku! (Özbekiston va A Seriya afsonalari öyini) Töğrisini aytaman, bir yil davomida umuman yugurmadim. Heç narsa bilan şuğullanmadim. Şuning uçun ham, keça murabbiy menga asosiy tarkibda tuşişimni aytganida, undan doimgidek ikkinçi taymda maydonga tuşirişini söradim.

  Takliflar bor. Ammo yana qaytaraman: men şunçaki iş boşlaşni istamayman. Kelganimdan söng, qandaydir natija körsatişni istayman. Doim Özbekistonga kelişdan xursand bölganman. Doim milliy jamoaga birinçi bölib yetib kelganman, istalgan odamdan söraşingiz mumkin. Federatsiya vaqtida futbolçilarning çiptalari bilan şuğullanadiganlar birinçi bölib mendan boşlaşardi.