16 mart kuni tvitter foydalanuvçisi Jyeyson Rouli özining yotoqxonasiga kirib kelgan uç politsiyaçi tufayli uyğonib ketgan. Erkak Apple Watch bilan uxlayotgan bölgan hamda uyqusida tasodifan SOS rejimini faollaştirib yuborgan. Bu haqda Rouli tvitterdagi sahifasida aytib berdi.

Roulining The Verge naşri bilan suhbatda ta'kidlaşiça, politsiyaçilar özlarini muloyim va xotirjam tutişgan. Ular Apple Watch’dan yolğon çaqiruvlarga örganib qolişgani haqida ma'lum qilişgan. Tvitterdagi şikoyatlarga köra, bunday muammo favqulodda qönğiroq rejimini faollaştirişi mumkin bölgan iPhone egalarida ham yuz berib turadi. Har ikki holatda ham tizim uçdan beş soniyaga sanaydi, bu jarayonga sirena hamrohlik qiladi, şundan keyin 911 raqami teriladi va döstlar yoki qarindoşlarga xabar yuboriladi.

SOS favqulodda qönğiroq funksiyasini yoqiş tugmaçasiga bosib, uşlab turilsa, haqiqatdan ham faollaştiriş mumkin: keçasi, uxlayotganda esa buni tasodifan qilib yuboriş juda osondir.

SOS favqulodda çaqiruv rejimi WatchOS 4 va iOS 11 çiqişi bilan paydo böldi hamda foydalanuvçilar xavf tuğilgan paytda sezdirmasdan yordam çaqirişiga möljallangan.