Keniyada şimol oq karkidonining eng oxirgi erkak vakili vafot etdi. U 45 yoşda edi.

Sudan ismli karkidon oxirgi vaqtlarda özini juda yomon his qilgan va qöriqxona vakillari jonivorni qiynalişdan xalos qiliş maqsadida unga ukol qilişgan. Birozdan söng Sudanning joni uzilgan.

Sudan qöriqxonadagilar tomonidan juda qattiq qöriqlanardi. Brakonerlar hujumidan asraş maqsadida karkidonning şoxlari kesib taşlangandi. Uning tanasiga radiuzatkiçlar joylaştirilgan bölib, ular jonivorga tuğilgan xatardan ogoh qilardi. 

Sudan 2014 yilda San-Diyegodagi qöriqxonada Angalifu nomli erkak karkidon ölganidan keyin Yer yuzidagi yagona erkak oq karkidon bölib qolgandi.

«Ol Pejeta’dagi barçamiz Sudanning ölimidan qayğudamiz. U öz turining ajoyib vakili edi. Biz endi butun dunyo e'tiborini karkidonlar naqadar ayançli ahvolga tuşib qolganiga qaratmoqçimiz, bu insonning vayronakor faoliyati tufayli yuz berdi», - deya ma'lum qildi qöriqxona boş direktori Riçard Vin.

Endi butun sayyora böylab bu turdan ikkita urğoçi qoldi: Sudanning qizi va nabirasi - Najin hamda Fatu. Bu esa yana bir noyob tur yöqolib ketiş arafasida turganini bildiradi.

Qöriqxonaning xabar berişiça, turni davom ettirişga yagona umid qolgan urğoçilar tuxumhujayradan foydalangan holda ekstrakorporal uruğlantiriş yöli bilan avlodni köpaytirişdir. 

Foto: AFP
Foto: Getty Images
Foto: AFP

Tabiatni muhofaza qiluvçi taşkilotlar Sudanning vafot etişini tabiat uçun katta yöqotiş deb baholaşmoqda.