19 mart kuni Toşkentdagi "Boği Eram" restoranida "Özbek milliy taomlari mahorat darslari markazi" oçilişi bölib ötdi. U Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi qöllab-quvvatlaşi ostida mahalliy turoperatorlarning xorijlik sayyohlarni mamlakatimizning an'analar va madaniyati, xususan milliy oşxonasi bilan taniştirişlariga kömaklaşiş maqsadida taşkil etildi.

Ğoyaga köra, bu yerda har kuni öz işining ustasi bölgan oşpazlardan kulinariya böyiça mahorat darslari ötkaziladi. Sayyohlar va mehmonlar bu qiziqarli jarayonlarni kuzatib, maşhur özbek taomlarining tayyorlanişida iştirok etişlari mumkin böladi.
"Özbek milliy taomlari böyiça mahorat darslari markazi" oçiliş kunida mehmonlarni Navröz bayramiga bağişlangan rang-barang şou-dasturlar bölib ötdi. Kun davomida bu yerda özbek taomlari "sultoni" palov hamda sumalak tayyorlandi.



Bir vaqtning özida maşhur oşpazlar va turizm sohasidagi yetuk mutaxassislar tomonidan "kulinariya böyiça mahorat darslari marafoni" ötkazildi. Karnay-surnay sadolari, taniqli xonandalar va musiqiy jamoalar ijrosidagi qöşiqlar yiğilganlarga bayramona kayfiyat ulaşdi.















