Niderlandiyaning köhna şahrida özbek milliy taomlari şousi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 26 may kuni Niderlandiyaning Harlem şahrida mahalliy restoran boşqaruvçilari F.Misset va Van der Putten iştirokida özbek oşxonasiga bağişlangan keça bölib ötdi. Unda mahoratli oşpazlar yiğilgan mehmonlarga palov, kök somsa va turli şirinliklarni pişirişni körsatib bergan.

"Bunday keçalar köplab gollandlarda Özbekistonga, xususan gastronomik sayohatga qiziqiş uyğotadi. Köpçilik uşbu taomlarni asl holiça, kelib çiqqan vatanida tatib körişni istaydi", deydi Misset. 

Ma'lumot uçun, Özbekistonga taşrif buyuruvçi sayyohlar soni ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda çorak qismga köpaygan.