Özbek milliy taomlari haqida söz ketganda köz öngingizga eng avval palov kelsa-da, Özbekiston hududlarining öziga xos milliy taomlari bor. Viloyatlarda mehmonlarga turliça taomlar milliy ovqat sifatida taqdim etiladi.

Norin

Toşkentda aziz mehmonni norin bilan siylaşadi. Dasturxonda albatta bu taom bölişi kerak.

Jizzax somsa

Jizzaxning tandir somsasi ta’rifi çet ellik sayyohlarga ham yaxşi taniş. Toşkentdan Samarqandga yölga çiqqan odam, albatta, Jizzaxda töxtab, somsa yeb ketadi. Jizzax somsasining öziga xos ta’mi qolgan viloyatlardagidan hajmi, göşt va dumba yoğining mölligi bilan farq qiladi.

Qozon patir

Ikkinçi Şveytsariya deb ta’riflanadigan Zominning qozon patiri ham tillarda maşhur. Qozonda pişiriladigan bu non tayyor bölganida şakli qozonni eslatadi. Issiqligida unga kuvida tayyorlangan saryoğ solişadi. Issiqda erib nonning örtasida töplangan saryoğ öziga xos ta’m bağişlaydi. Nonni bir çekkasidan sindirib, örtasidagi saryoğga botirib iste’mol qilinadi.

Samarqand non

Samarqand nafaqat tarixiy obidalari, balki nonlari bilan ham maşhur. Tarixda Samarqanddan novvoylar olib borib boşqa şaharlarda non tayyorlatmoqçi bölişgani, lekin öxşamagani haqidagi afsonalar mavjud.

Samarqand nonlariga bir sutka davomida işlov beriladi va juda köp kuç sarflanadi. Balki şuning uçundir, nonning öziga xos mazasi, körinişi neça zamonlarki odamlarni hayratlantiradi.