Namanganliklar tabiiy gazi yo‘q uylariga qaytishmoqda
So‘nggi paytlarda turli nashrlarda tabiiy gazni yetkazib berishdagi muammolar ko‘p bora muhokama etildi. Mavzuning qayta «tirilishi»ga sabab bitta: mavjud muammo haligacha hal qilinmayotir. Qolaversa, buni hal qilish yo‘lida iroda ham bildirilmadi.
2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 1,841 million m3 gaz zaxirasiga ega davlat sifatida jahon reytingda 19-pog‘onada qayd etilgan. MDH davlatlari o‘rtasida 4-o‘rin, Markaziy Osiyo mintaqasida esa 3-o‘rinda e'tirof etilgan O‘zbekiston gaz zaxirasini eksport qiluvchi davlatlari ichida 15-o‘rinni egallaydi. Ya'ni, tabiiy zaxiralardan biri sanalmish gazni sotish bo‘yicha Qozog‘istonni ortda qoldirganmiz.
Tashqi savdo va eksport hajmini kamaytirish ichki ahvolni yaxshilanishiga ulkan ta'sir o‘tkazadi, demoqchimasman. Biroq, bu maqolada esga olishimiz kerak bo‘lgan raqamlar qanchadir mablag‘ni anglatadi. Bu mablag‘lar xalqni uzluksiz tabiiy gaz bilan rejali dastur asosida ta'minlashga qaratilishi lozim. Tahririyatimizga yetib kelgan murojaatda aytilishicha, ana shunday gaz yo‘qligidan aziyat chekkan aholi vakillari jurnalist bilan jonli muloqot qilishni istashini bildirgan.
Biz darhol Namangan shahriga yo‘l oldik: ishbilarmonlar, tikuvchi va chevarlar yurti. Gullarga burkangan diyor fasllar kelinchagida o‘zgacha qiyofa aks etgan holda Navro‘zni qarshi olishga tayyor turibdi. Mahallada hasharlar tashkil etilgan, ammo bu hashar bahor sharofati bilan emas, balki qishda odam oyog‘ini bosmagan uylarni tozalash ishlari natijasi bo‘lib chiqdi.
«Qish davomida qirqqa yaqin uyda zog‘ yashamaydi. Namunali loyiha asosida qurilgan uylarda uzluksiz tabiiy gaz bo‘lishi lozim va amalda shunday edi. Xonadon egalari ko‘chib kirishi bilan «bosim past, yetkazib berishda muammo» deb turli vajlar bilan quvurlar kesib tashlandi», deydi mahalla fuqarolaridan biri.
Ta'kidlash joizki, bu birgina Namangan shahrida emas, respublikaning duch kelgan tumanida istiqomat qiluvchi aholining dardi: har xil bahonalar bilan gaz quvurlari kesib tashlangan.
«Turmushimiz havas qilgudek emas, alyumin romlarni buzib isitkich o‘rnatganmiz. Xonani tutunga to‘ldirib, o‘tin yoqamiz. Ertalab turib, choy qaynatish, ovqat pishirish kabi oddiy yumushlar ehtimollar nazariyasi kabi murakkab vazifaga aylanadi», deydi o‘qituvchi ayol.
Mantiqan o‘ylab ko‘rilsa, tabiiy gazdagi oddiy uzilish inson hayotini qanchalik o‘zgartirib yuborish mumkin-a?! Bu o‘rinda hech qanday siqilgan gaz uzluksiz ta'minot o‘rnini bosa olmasligini ham qistirib o‘taylik: qishloq joyda issiq suv bo‘lmasa, uyni isitish tizimi bo‘lmasa, yana qanday siqilgan gaz haqida gap ketishi mumkin?
Bundan avval ham Kun.uz Xorazm viloyati Xiva tumani Arvik MFY bo‘lib, asossiz ravishda aholini gaz ta'minotidan uzib qo‘ygan mutasaddilar haqida maqola e'lon qilgandi. Bu gal shu «tajriba»ning boshqa viloyatlarga keng yoyilganiga guvoh bo‘lyapmiz, xolos.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024