DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari viloyat Içki işlar va Bojxona boşqarmalari bilan hamkorlikda «Farğona - Toşkent» yönalişida harakatlanayotgan «Kobalt»ni Pop tumanidagi «Namangan» YPX maskanida töxtatgan.

Tekşiruvda Çirçiq şahrida yaşovçi, 1995-yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi avtomaşina yukxonasiga bir kilogramm gaşiş yaşirilgani aniqlangan. Modda aşyoviy dalil sifatida olingan.

DXX Namangan viloyati böyiça boşqarmasi, içki işlar va bojxona organlari hamkorligida Çust tumanida ötkazilgan boşqa tadbirda «VAZ-2103» avtomaşinasi közdan keçirilgan. Yangi Namangan tumanida yaşovçi, 1987-yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxsga tegişli avtomobilning salonidan 995 gramm gaşiş topilgan.

Yana bir holatda Namangan şahrida istiqomat qiluvçi, 1975-yilda tuğilgan fuqaroning xonadoni xolislar iştirokida tekşirilgan. Uyning yertölasidan 648 gramm gaşiş olingan.

Xabarda qayd etilişiça, xonadon egasi uşbu giyohvandlik vositasini Yangi Namangan tumanida yaşovçi, 1972-yilda tuğilgan tanişidan 5 ming AQŞ dollariga sotib olgani aniqlangan. Uni sotganlikda gumon qilinayotgan şaxs ham protsessual tartibda uşlangan.

Holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.