Bugun, 21 mart kuni respublikamizning barça hududlari böylab Navröz bayrami keng nişonlanmoqda.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi «Özekspomarkaz»da taşkil etilgan bayram saylida iştirok etdi va özbek xalqini Navröz umumxalq bayrami bilan tabrikladi.
«Dalalarimizda, uzoq-uzoq qişloqlarimizda xalqimiz Navrözi olamni, uyğoniş, yaşariş bayramini katta tantana bilan kutib olmoqda. Albatta, jonajon vatanimizda bölayotgan özgarişlar, qabul qilgan strategiyamizning eng katta ma'no-mazmuni şu xalqimizni rozi qilişdir.
Bugun albatta bayramni katta sayil tarzida ötkazganimiz bejiz emas. Qişdan çiqqan xalqimiz bahoriy bayramni katta xursandçilik, şukronalik bilan kutib olmoqda.
Viloyatlarimizni aylanib çiqqanimizda oqsoqollarimiz, munis onalarimiz, singillarimiz, farzandlarimizning kayfiyatlari hammamizga kuç bağişladi.
Dehqonlarimiz, çigit qadayotgan fermerlarimiz, dalalarda işlayotgan mehnatkaşlarimizga qut-baraka tilaymiz. Ularning qilgan duolari yurtimizga tökin-soçinlik olib kelsin.
Jonajon vatanimizda köp millatli xalqimiz millatidan, tilidan, dinidan qat'i nazar bir oila bölib yaşamoqda. Iloyim köz tegmasin, iloyim xalqimizning hamma niyatlari amalga oşsin, xalqimizning eng katta maqsadi - yurtimizda tinçlik bölsin, yurtimizga köz tegmasin. Yana bir marta sizlarni Navrözi olam bilan tabriklayman. Salomat bölinglar!», dedi prezident.
«Özekspomarkaz» körgazmalar majmuasida bölib ötayotgan tadbirda prezidentga boş vazir Abdulla Aripov hamda hukumat a'zolari hamrohlik qilmoqda. Körgazmalar majmuasida har bir viloyat öz stendini namoyiş etmoqda. Tadbirda iştirok etiş uçun xorijlik mehmonlar, respublika faollari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, talabalar taklif etilgan.











