Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari xorijda jabrlanganda maxsus guruh 3 soat ichida voqea joyiga jo‘nab ketadigan bo‘ldi
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori (VMQ-206, 18.03.2018 y.) qabul qilindi.
Adliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, qarorda belgilanishicha favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ishlarini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining zaxira mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomda xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish, halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tartibi belgilab bermoqda.
Xususan, xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan taqdirda 3 soat ichida Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash va boshqa vazirlik, idoralarning vakillaridan iborat maxsus guruh favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududga uchib (jo‘nab) ketishi lozim.
Shuningdek, nizomda har bir tashkilotning favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda bajarishi lozim bo‘lgan funksiyalari belgilab berilmoqda.
Masalan, endilikda mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga va halok bo‘lganlarning oila a'zolariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishi lozim.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026