Fan-texnika | 00:36 / 28.03.2018
5244
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh sudi Google kompaniyasi Oracle’ning mualliflik huquqlarini buzgan deb topdi

Foto: AP/Kim Jin-a

AQSh apellyatsiya sudi Google kompaniyasi Oracle kompaniyasi tomonidan yaratilgan Java dasturlash tilidan noqonuniy foydalangani haqida qaror chiqardi.

“Google yangi platformasini yaratishda o‘zining shaxsiy dasturlash interfeyslarini ishlab chiqish yoki Oracle interfeyslarini litsenziyalash orqali mualliflik huquqlariga amal qilishi mumkin edi, biroq kompaniya Oracle mahsulotini nusxalashga qaror qilgan”, deyilgan sud qarorida.

Apellyatsiya sudi ushbu mojaro bo‘yicha ishni San-Frantsiskodagi federal sudga yo‘llagan. Bu sud esa Google kompaniyasi Oracle’ga to‘lab berishi kerak bo‘lgan kompensatsiya miqdorini belgilaydi. 

2010 yilda Oracle kompaniyasi Java dasturidan daromad olmasligida Google’ni ayblab, uning ustidan sudga shikoyat arizasi topshirgan. Oracle fikricha, Google’ning Android operatsion tizimini bepul tarqatish qarori Oracle’ning Java dasturi qismiga mualliflik huquqini buzgan. Bu esa kompaniya daromadi kamayishiga olib kelgan. 

Biroq hakamlar sudi 2016 yilda Google kompaniyasi Oracle tomonidan yaratilgan Java dasturini mualliflik huquqi haqidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan halol qo‘llash qoidasiga muvofiq qo‘llagani haqida qaror chiqargan. Bu esa Google’ga Oracle’ga boj to‘lamaslikka imkon bergan. 2017 yil boshida Oracle ushbu qaror yuzasidan shikoyat arizasi topshirgan.  

Mavzuga oid