Dunyoda yaşayotgan millatlar turliça, ularning madaniyati ham, urf-odatlari ham öziga xos. Quyida keltirilayotgan maqollar ham turli millat vakillarining asrlar oşa saqlanib kelayotgan xalq oğzaki ijodi namunalaridir.
1. Nima deyilganiga qara, kim aytganiga emas. (Saudiya Arabistoni)
2. Katta stulda ötirganing bilan qirol bölib qolmaysan. (Sudan)
3. Hammaga döst, heç kimga döst. (Angliya)

4. Inson baxt izlamaydi, baxt insonni izlaydi. (Turkiya)
5. Bitta öqituvçi ikkita kitobdan afzal. (Germaniya)
6. Kim ovoz bermasa u hammasiga rozi. (Ispaniya)
7. Çiroy mukammallik belgilariga kirmaydi. (Misr)
8. Aqllilar qölida ğiybat xavfli qurol.(Isroil)

9. Tan olingan xato bilan uning yarmi tuzatilgan hisoblanadi. (Zulu xalqlari)
10. Sevgili qalb abadiy yoş. (Gretsiya)
11. Quyoşga tik boq va soyalar orqangda qoladi. (Yangi Zelandiya)
12. Eşakning oldida quloq haqida sözlama. (Yamayka)
13. Agar döstingdan qutulmoqçi bölsang unga qarz ber yoki qarz ol. (Isroil)

14. Rostini ayt va sekin u yerdan ğoyib böl. (Sloveniya)
15. Bir nodonga hayron böliş bilan boşqa bir nodon paydo böladi. (Fransiya)
16. Tuhmat kömir, yonmaydi lekin kuydiradi. (Italiya)
17. Qulfsiz eşik hatto ruhoniyni ham şoşirib qöyadi. (Ispaniya)








