Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar yangi tahrirdagi «Davlat mukofotlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining qonunini ma'qulladi. Unga köra, endilikda geraldika sohasida yagona davlat siyosati qonun bilan tartibga solinmoqda. 

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Senatning Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev yangi tahrirdagi qonun töğrisida ma'lumotlar berib, davlat mukofotlarini taqib yuriş, saqlaş, mamlakat hududidan olib çiqiş böyiça tartib işlab çiqarilgani ma'lum qilindi. 

«Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi prezidentiga nomzodlarni davlat mukofotlariga tavsiya etiş böyiça taqdimnomani endilikda Sudyalar Oliy kengaşi, Markaziy Bank, Davlat xavfsizlik xizmati, Hisob Palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, xöjalik yurituvçi sub'yektlar, nodavlat notijorat taşkilot va respublika taşkiloti rahbarlari ham kiritişi mumkinligi belgilanmoqda», deydi qömita raisi. 

Ma'lumot uçun, qonunning mazkur yangi tahrirdagi körinişi 5 bob, 22 moddadan iborat. Ayni paytda Özbekistonda 50dan ortiq davlat mukofotlari ta'sis etilgan bölib, munosib kişilar Özbekiston Qahramoni, 34ta faxriy mukofotlar, 10dan ortiq orden va medallar, şuningdek, Özbekiston faxriy yorliği bilan amalda rağbatlantiriladi.