Navrözga bağişlangan sayrlar nihoyasiga yetdi, tanlovlar, sovrinli öyinlar va bepul sumalak kabi yoqimli bonuslar ortda qoldi. Reklama namunalarini yoqtiruvçilar RC Coladan degustatsiya (tatib köriş) aksiyasida iştirok etib, bayramona kayfiyatni davom ettirişlari mumkin. Bu gal, RC Cola kompaniyasi poytaxtdan taşqariga çiqişni va degustatsiya sayilini viloyatlar böylab ötkazişga qaror qildi. 22 martdan 2 aprelgaça bölgan davr oraliğida RC Cola barça istaganlarni klassik amerikaça kola ta'mini baholaşga taklif etadi. Degustatsiya tölqini butun respublika böylab yoyiladi va Özbekistonning 19 ta şahri aholisi Amerikaning eng ommabop içimligi haqiqiy ta'mi bilan tanişiş imkoniga ega bölişadi.


Yuksak ötkazuvçanlikka ega joy va hududlar, ya'ni şaharlarning yirik bozorlari va supermarketlari aksiyalarni ötkaziş joylariga aylanadi. Içimlik töldirilgan 100-grammlik brendli stakan salohiyatli xaridorga, peştaxta oldida turib öziga beradigan quyidagi savollarga javob topişida yordam berişi lozim:
- RC Cola menga yoqadimi?
- RC Cola ta'mi unga öxşaş boşqa gazli içimliklar ta'midan nima bilan farq qiladi?
- RC Cola ni uyda içiş uçun sotib olsa arziydimi?
Degustatsiya vaqtida uşbu kölamli promo-aksiyani butun respublika böylab tatbiq etayotgan "Anor Mali Promotion» tadbirlar uyuştiriş agentligining xuşmuomala xodimlari RC Cola brendi haqida, kompaniyaning köp yillik tarixi va uning Özbekiston bozoriga çiqişi töğrisida hikoya qilib berişadi. Aholi xuşta'm gazli içimlikni tatibgina qolmay, brendli kiyimdagi xodima-qizlar bilan birgalikda esdalik uçun suratga tuşişi ham mumkin.


Degustatsiya hozirgaça Namangan, Andijon, Samarqand, Guliston, Jizzax, Urganç va Buxoro şaharlarida bölib ötdi. Yaqin kunlar içida promouterlar jamoasi Farğona, Qöqon, Nukus, Urgut, Şahrisabz, Qarşi, Termiz va mamlakatimizning boşqa şaharlariga jönab ketişadi.











