Kemerovodagi "Zimnyaya vişnya" savdo markazi quriliş uçun ruxsatnomalarsiz barpo etilgan. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasi saytida xabar berildi.

Tergovçilar oblast quriliş nazorati inspeksiyasi boşliği Tanziliya Komkovani qölga olişdi. U vakolatlarini suiiste'mol qilişda gumonlanmoqda.

"Tergov versiyasiga köra, u Kemerovo şahridagi "Zimnyaya vişnya" savdo-köngiloçar majmuasi binosi özboşimçalik bilan qurilgani hamda foydalanişga topşirilganini bartaraf etiş böyiça tegişli çoralar körmagan. Bunda quriliş uçun ruxsatnomalar bölmagan, bu savdo markaziga taşrif buyurganlarning halok bölişiga ham olib keldi", - deya ma'lum qilişgan mahkamadan.

Şuningdek, tergovçilar sud yonğin-texnik ekspertizani tayinlaşdi. Uni Sankt-Peterburgdan kelgan ekspertlar amalga oşirmoqda.

Eslatib ötamiz, tört qavatli savdo markazida yonğin 25 mart kuni sodir böldi, 64 kişi, jumladan 41 nafar bola halok böldi. Tergov yonğin yuz berişi sababi böyiça ikki versiyani körib çiqmoqda – qisqa tutaşuv yoki öt qöyiş.