Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi: imtiyozli chiptalarni sotish 1 apreldan boshlanadi
Ma'lumki, 2018 yil 5 martda O‘zbekiston Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarorini imzoladi. Unga ko‘ra mehnat migrantlari uchun qator imtiyozlar belgilangan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘istonda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqayotgan fuqarolar valyuta hisobi ochish va maxsus «VISA-migrant» kartalari olish («Aloqabank» orqali), platskart va umumiy vagonlarga temir yo‘l chiptalari (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ orqali) yoki iqtisodiy (ekonom) klass aviachiptalarni (“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK orqali) 20 foizgacha chegirma bilan maxsus kassalardan olish, shuningdek temir yo‘l va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun 300 ming so‘m miqdorda beg‘araz to‘lovni bir yilda bir marta («Aloqabank» orqali) olish uchun o‘zlari yashab turgan tumandagi Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilishlari va bo‘lg‘usi ish joyi, yo‘l marshruti va ketish istagidagi sanasi ko‘rsatilgan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron ma'lumotlar bazasiga ro‘yxatga olinishlari lozim.
Qayd etilishicha, imtiyozli chiptalarni sotish O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 3584-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 apreldan boshlanadi.
Mavzuga oid
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
21:32 / 02.06.2026
6 viloyatda Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
20:10 / 23.05.2026