Migratsiya agentligi E-9 vizasi asosida Koreyaga vaqtinçalik işlaş uçun borayotgan fuqarolar bilan tuziladigan uç tomonlama şartnomaning ayrim bandlarini qayta körib çiqdi.
Avvalgi şartnomada fuqaro iş joyini özgartirişdan oldin Migratsiya agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi roziligini olişi hamda belgilangan talablarga rioya etilmagan holatlarda jarima qöllanilişi nazarda tutilgan edi.
Qayd etilişiça, uşbu talablar fuqarolarning Koreya Respublikasida noqonuniy maqomga ötib ketişining oldini oliş, ular bilan doimiy aloqani taʼminlaş hamda zarur holatlarda ijtimoiy, huquqiy va moddiy kömak körsatiş maqsadida kiritilgan edi.
Koreya Respublikasidagi iş beruvçilar va nodavlat notijorat taşkilotlari bilan ötkazilgan muzokaralar, şuningdek, fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar tahlili asosida mazkur talablar qayta körib çiqildi.
Natijada uç tomonlama şartnomadan iş joyini özgartiriş uçun Agentlik vakolatxonasining oldindan roziligini oliş hamda uşbu talabga rioya etilmagan holatda jarima qöllaşni nazarda tutuvçi bandlar çiqarib taşlandi.
Endilikda fuqarolar iş joyini özgartiriş uçun Migratsiya agentligining alohida roziligini olişi şart emas. Ular amaldagi tartiblar va qonunçilik asosida iş beruvçi bilan mehnat şartnomasini bekor qilişi va yangi iş beruvçi bilan mehnat munosabatlariga kirişişi mumkin.
Şartnomada Koreyada noqonuniy maqomda qolganlik uçun jarima qöllaş bandi saqlab qolindi.
E-9 vizasi asosida işlayotgan fuqaro iş beruvçi bilan mehnat şartnomasini bekor qilganidan söng 1 oy içida iş izlovçi sifatida davlat röyxatidan ötişi va 90 kun içida yangi işga joylaşişi lozim. Aks holda Koreya Respublikasi hududini tark etişi talab etiladi.
Belgilangan muddatda işga joylaşmagan va mamlakat hududini tark etmagan fuqaro noqonuniy maqomga ötişi mumkin. Bunday holatda Koreya Respublikasi qonunçiligiga muvofiq jarima, deportatsiya hamda mamlakatga qayta kirişga taqiq qöyilişi mumkin.
Şu bois, Agentlik tomonidan xizmat körsatiş şartnomasi qayta körib çiqilgan bölsa-da, fuqarolardan iş joyini özgartirişda Koreya Respublikasi qonunçiligida belgilangan tartib va muddatlarga qatʼiy rioya qiliş söraladi.













