Özini va tarixini bilmagan odam manqurt deyiladi. Manqurt bölmagan odam esa heç bölmaganda yetti puştini va yaşab turgan joyining tarixi-yu bugunini yaxşi biladi. Jumladan, mahallasi tarixini ham. Yurtimizda minglab mahallalar mavjud. Ularning öziga xos nomlari borki, biri biridan qiziq, biri biridan ajabtovur. Qiziqligi şundaki, ayrim mahalla nomlari hozirgi adabiy tilimizda mavjud bölmagan sözlardan iborat bölib, bir qaraşda tuşuniş qiyin. Ajabtovurligi şundaki, ayrim tarixiy nomlar asrlar ötgani sari asl körinişini yöqotib, boşqaça talaffuz kasb etgan. Misol uçun, Poytaxtimizning Olmazor tumanida “Hofiz Köyki” nomli mahalla bor. Xöş, hofiz sözi tuşunarli, “Köyki” nima degani? Bu söz aslida qanday bölganu, qanday talaffuz qilingan? Kiçik ilmiy tadqiqotimiz davomida şu söz ma'nosini izlaymiz.

            Uşbu mahalla nomining tarixiy ildizlariga murojaat etarkanmiz, bugun şu mahallada yaşovçilar har qança faxrlanişsa arziydigan bir tarixiy ma'lumotga duç kelamiz. Toşkent tarixiga oid qimmatli manbalardan biri bölmiş Muhammad Solih Qoraxöja öğlining “Tarixi jadidai Toşkand” nomli asarida şunday ma'lumot bor: “Toşkent diyorida yaşab ötgan Mavlono Köhakiy aqliy va naqliy ilmlarda zör olim bölgan. Hofiz Köhakiy Toşkent aholisi va olimlarining iftixori bölib, Daşti Qipçoq, Farğona, Movarounnahr, Buxoro, Eron va Xurosonda keng şuhrat qozongan olimdir”.

            16 asrda yaşab ijod etgan bu uluğ alloma öz zamonasining ilmli kişilaridan bölib, tarix, arab tili va gramatikasi, mantiq, huquqşunoslik va diniy ilmlar bilan şuğullangan. Abdurahmon Jomiyning “Şarhi mulla” nomi bilan maşhur asarida şarh yozgan. U “Tarixi Toşkand”, “Tarixi oli Çingiz”(Çingiz avlodi tarixi) kabi köplab asarlar muallifidir.

            Hofiz Köhakiy öz zamonasining obröli kişilaridan bölgani uçunmi, 1528 yili Toşkentdan töy munosabati bilan Hindistonga Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga yuborilgan edi. Bu töy tasvirlari “Boburnoma”da bor:”Uluğ oş tortilğonidin keyin... Xoja Mir sultonğa va öğlonlariğa va Hofiz Toşkandiy va mullo Farruh boşliq Xojaning mulozimlariğa va özga elçilarga ham oltundin, kumuşdin tarkaş bila in'omlar böldi”.

            Şunisi muhimki, Hofiz Köhakiyda mol-dunyoga havasdan köra, vatanparvarlik ruhi yuqori bölgan. Sababi u Mirzo Bobur huzurida nihoyatda iltifot körsa ham, keyinçalik Turkiya sultoni unga vazirlikni taklif qilsa ham u noziktablik bilan rad etib, yurtiga, Toşkentga qaytgan va umrining oxirigaça şu şaharda istiqomat qilgan. Madrasada dars berib, şogirdlar ulğaytirgan, benazir asarlar yaratgan. 

Tarix fanlari nomzodi, dotsent Ne'matullo Muhamedovning ma'lumotiga köra, Hofiz Köhakiy xalq orasida Hofiz Köykiy nomi bilan maşhur bölgan. Şuning uçun ham bugungi Olmazor tumanidagi alloma yaşab ötgan mahalla nomi “Hofiz Köyki” deya saqlanib qolgan. Demak, anglaşiladiki, “Hofiz Köyki” mahallasi nihoyatda uluğ tarixga ega bölgan mahallalarimizdan ekan.