Şimoliy Amerikaning Milliy xokkey ligasi (MXL) vakili «Çikago Blek Xouks» klubi «Vinnipeg Jyets»ga qarşi öyinda 36 yoşli hisobçi, havaskor darvozabon Skott Foster xizmatidan foydalanişga majbur böldi.
Öyindan oldin jamoaning ikki nafar darvozaboni jarohat olib, safdan çiqqan edi. Bellaşuvning uçinçi bölimi 6-daqiqasida, hisob «Çikago» foydasiga 6:2 bölib turganida, mezbonlar tarkibida qolgan sönggi posbon, 23 yoşli Kollin Delia ham jarohat olib, muzni tark etdi. Natijada, uning örnini Skott Foster egalladi va öyin oxiriga qadar 7ta zarbani qaytarib, birorta gol ötkazib yubormadi.
Qiziği şundaki, «Çikago» öyindan oldin Foster bilan bir kunlik şartnoma imzolagan edi. Havaskor xokkeyçi esa murabbiylar va muxlislar işonçini oqlab, «Kunning birinçi yulduzi» deb topildi.









