Yaponiyada maktabdagi tuşliklar bizning tasavvurimizdagi odatiy tuşliklardan ança farq qiladi.
Yapon madaniyatida ovqat — ta'limning eng muhim qismi. Bolalarga kiçikligidanoq ular iste'mol qilayotgan har qanday taom nafaqat tanaga, balki fikrlaş qobiliyatiga va kayfiyatga ham ta'sir qilişini tuşuntirib borişadi. "Hukumatning pozitsiyasi şundayki, maktabdagi tuşlik şunçaki öquv jarayonidagi tanaffus vaqti emas, ta'limning muhim bir qismi hisoblanadi", - dedi hukumatning maktabdagi soğliqni saqlaş bölimi vakili Masaxiro Oji.
Agar ota-onalar farzandining tuşligi uçun pul tölay olmasa (2,5 dollar atrofida), bolalarga bepul yoki qisqartirilgan tuşlik dasturlari taklif etiladi.

Yaponiyada tuşlik vaqti juda qadrlanadi. Heç kimni şoşirişmaydi, bolalar xotirjam ovqatlanişadi.

Maktab öquvçilari tayyor tuşliklarni bir-birlariga uzatişadi - şu tariqa ularda mustaqillik tarbiyalanadi. Aksariyat maktablarda hatto farroşlar ham yöq, bolalar özlari hamma joyni tozalaşadi.

Guruç — yaponlar oziqlanuvçi asosiy mahsulot.

Tuşlik odatda asosiy taom, guruç va şörvadan iborat böladi. Suratda miso-şörva, baliq, sut, guruç va qovurilgan göşt bilan sabzavotlar.

Yana bir variant — göşt va guruçli tofu, salat, olma va sut paketi.

















