Samarqand–Buxoro yönalişida sement-beton qoplamali pulli yöl quriladi
Loyiha ikki şahar örtasidagi safar vaqtini hozirgi beş soatdan bir yarim soatgaça qisqartiriş imkonini berişi kutilmoqda. Masala 4-noyabr kuni Şavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida ötkazilgan yiğilişda muhokama qilindi.
«Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy özgarişlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi taşabbuslar bilan kelganmiz», - dedi prezident.
Samarqand–Buxoro yönalişida tezyurar poyezd uçun yangi temiryöl liniyasi ham közda tutilgan. Mutasaddilarga avtomobil va temiryöl loyihalarining master-rejalarini yakunlaş, hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş topşirildi.
2027-yildan aholiga 73 turdagi dori bepul berilişi kutilmoqda
Uşbu çora-tadbir prezident Şavkat Mirziyoyevning soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi vakillari bilan uçraşuvida maʼlum qilindi. Özgarişlar aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini kengaytiriş, kasalliklarni erta aniqlaş va davolaniş bilan boğliq xarajatlarni kamaytirişga qaratilgan.
Islohotlar doirasida oilaviy poliklinikalar faoliyati takomillaştiriladi, yangi laboratoriyalar taşkil etiladi. Şifokor va hamşiralarning malakasini oşiriş ham közda tutilgan. 2027-yil davomida yangi tizimni yana 15 ta tumanda joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Saraton va yurak-qon tomir kasalliklarini barvaqt aniqlaş dasturlari ham kengaytiriladi. Bu orqali kasalliklar tufayli yuzaga keladigan erta ölim holatlarini 15 foizga kamaytiriş maqsad qilingan. Dasturni amalga oşiriş uçun 200 milliard söm ajratiladi.
Yölda raqsga tuşgan kuyovjöralar 7 sutkaga qamaldi
Toşkent şahrining Olmazor tumanida yölning qatnov qismida raqsga tuşgan şaxslar maʼmuriy jazoga tortildi.
Sud hujjatiga köra, 19 yoşdan 30 yoşgaça bölgan 8 kişi 31-oktabr kuni yölning qatnov qismida raqsga tuşib, maşinalar harakatiga tösqinlik qilgan.
JIB Olmazor tuman sudining 2026-yil 3-noyabrdagi qarori bilan kuyovjöralar mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi. Ularning biriga 5 sutka, qolganlariga 7 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Gaz plitasida uy isitiş hayot uçun xavfli ekani aytildi
Gaz plitasida xonani isitiş va nosoz isitiş uskunalaridan foydalaniş is gazidan zaharlanişga sabab bölişi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bunday holatlarning oldini oliş uçun xavfsizlik qoidalariga amal qiliş zarurligini eslatdi.
Vazirlik tavsiyalariga köra, quyidagi qoidalarga rioya qiliş kerak: qölbola va nosoz gaz isitiş moslamalaridan foydalanmaslik; gaz plitasida xonani isitmaslik; peç va mörilarni mutaxassislarga öz vaqtida tekşirtiriş hamda tozalatiş; möri va şamollatiş yöllarini berkitmaslik; isitiş moslamalarini, ayniqsa, tunda nazoratsiz qoldirmaslik; uskunalar yaqinida yonuvçan buyumlarni saqlamaslik; gaz jihozlarini örnatiş va işlatişda belgilangan talablar hamda işlab çiqaruvçi yöriqnomasiga amal qiliş.
Tiriklayin kömilgani aytilgan erkak qariyb bir oy komada yotib, vafot etdi
Samarqand viloyati, Payariq tumanida bir guruh şaxslar tomonidan kaltaklangan erkak bir oy komada yotib, vafot etdi.
Maʼlum qilinişiça, tumanning Navröz mahallasida yaşagan 32 yoşli erkakka bir guruh şaxslar hujum qilib, boşiga armatura bilan urgan. Söngra maşinada nomaʼlum tomonga olib ketişgan. Marhumning akasi uni mahalla markazidan taxminan 3 km uzoqlikdagi, aholi yaşamaydigan hududga olib ketişganini, tiriklayin kömib, urib, azob berişganini, öşa joyda oğir ahvolda topilganini aytdi. U 28 kun komada yotganidan söng vafot etgan.
Janjalga nima sabab bölgani hozirça maʼlum emas. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, gumondorlar uşlangan.











