3-noyabr kuni AQŞda kongress uçun oraliq saylovlar bölib ötdi. Amerikaliklar vakillar palatasining yangi tarkibi (kongress quyi palatasida 435 örin), senat aʼzolarining uçdan bir qismini (kongress yuqori palatasida 35 örin), şuningdek, 36 ştat gubernatorlari va mahalliy qonunçilik yiğilişlari deputatlarini saylaşdi. Oraliq saylovlar prezidentlik muddatining yarmida bölib ötadi va saylovçilar hamda OAV tomonidan amaldagi davlat rahbariga işonç bildiriş böyiça öziga xos referendum sifatida qabul qilinadi. Qoidaga köra, bunday saylovda hukmron partiya doim yutqazgan. Bu safar ham şunday böldi. Donald Tramp boşqaruvidagi Respublikaçilar partiyasi vakillar palatasida ham, senatda ham köpçilik örinni boy berdi.
Demokratik partiya 3-noyabr kungi oraliq saylov yakunlariga köra AQŞ kongressining har ikki palatasi ustidan nazoratni qölga kiritdi. NBC News telekanali prognozlariga köra, demokratlar vakillar palatasida 255 örin (respublikaçilarda 180), senatda esa – 48 ga qarşi 52 örin oladi. The New York Times naşri esa Demokratik partiya vakillar palatasida 256, senatda 55 örin qölga kiritişini prognoz qilgan. Bloomberg agentligi hisob-kitoblariga köra, demokratlar senatda 53, vakillar palatasida 227 örinni kafolatlagan. CNN va Reuters ham taxminan şunday natijalarni taxmin qilgan. Yakuniy hisob-kitoblar eʼlon qilinişi bir neça hafta vaqt olişi mumkin.
Demokratlar azaldan respublikaçilar tayançi hisoblangan va Tramp muntazam ravişda ğalaba qozonib kelgan ştatlarda ham senatorlik kreslosini egalladi.
Men. Demokrat Troy Jekson respublikaçi Syuzan Kollinzni mağlub etdi, u sönggi 30 yil mobaynida uşbu ştatdan senatorlikka saylanib kelgandi.
Texas. Demokrat Jeyms Talariko ştat boş prokurori, respublikaçi nomzod Ken Pakstonni mağlubiyatga uçratdi. Texasdagi saylov kampaniyasi milliy miqyosda eng qimmatbaholaridan biri bölgandi. Pakston qator mojarolarga aralaşib qolgandi, ammo şaxsan Tramp uni qizğin qöllab-quvvatladi. Texas sönggi 30 yildan ortiq vaqt mobaynida «respublikaçilarniki» bölib turgandi.
Kanzas. Adam Hemilton Rojer Marşallni mağlub etdi va qariyb 100-yil içida – 1932-yildan buyon ştatdan senatorlikka saylangan ilk demokrat böldi.


















