Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovo gubernatori Aman Tuleyevning iste'fosini qabul qildi va uning örniga birinçi örinbosari Sergey Tsivilevni saylovlar ötkazilgunga qadar viloyat gubernatori vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinladi.
Kemerovoda gubernatorlik saylovi joriy yilning 9 sentabrida bölib ötadi.
Tsivilev «Zimnyaya vişnya» savdo markazidagi yonğindan keyingi mitinglar vaqtida maşhur bölib ketgandi.
U miting iştirokçilari qarşisiga çiqib, avvaliga yonğin vaqtida 5 nafar yaqin kişisi, xotini, singlisi va 3 farzandini yöqotgan Igor Vostrikovni yuz bergan hodisadan «özini piar qilişda foydalanayotganlikda» ayblagandi. Ammo öşa kuni u miting iştirokçilari qarşisida tiz çökib, uzr söragandi.
Yangi lavozimga tayinlangaç, Tsivilev Kemerovo aholisiga «uşbu qörqinçli fojiada aybdorlarning barçasi jazolanişi uçun qölidan kelgan işni qilişi»ni bildirdi.
Bundan oldinroq Kemerovo viloyatiga 21 yildan buyon gubernatorlik qilib kelgan Aman Tuleyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga öz ixtiyoriga köra iste'foga çiqişi yuzasida murojaat qilgandi.
U «Zimnyaya vişnya» savdo markazidagi yonğindan söng odamlar qarşisiga çiqmadi va bugun, 1 aprel kuni iste'fo berdi.
«Buni birdan-bir töğri qaror deb bilaman. Çunki bunday oğir yuk bilan gubernator lavozimini egallab turiş mumkin emas. Hammamiz Kemerovoda 25 mart kuni röy bergan fojiadan iztirobdamiz. Aksariyati bolalar bölgan 64 kişini yöqotdik. Bu yöqotiş dardini har bir odam yuragidan ötkazdi. Yana bir bor çuqur hamdardlik bildiraman. Biroq yöqotganlarimiz xotirasini yodda tutiş uçun ham yaşaşda davom etişimiz kerak», — dedi Tuleyev videomurojaatida.
73 yoşli Aman Tuleyev Kemerovo viloyatini 1997 yildan beri boşqarib kelgan, gubernatorlik lavozimiga tört marotaba qayta saylangandi. Uning bu galgi vakolati 2020 yilda nihoyasiga yetardi.
Kemerovoda 25 mart kuni «Zimnyaya vişnya»da yuz bergan yonğin oqibatida 64 odam halok böldi, şundan 41 nafari bolalar. Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tergov-suriştiruv işlari davom etmoqda, oçilgan jinoiy iş doirasida öndan ortiq kişi qölga olingan.












