Gvatemalaning sobiq diktatori Efrain Montt 91 yoşida vafot etdi. U aqli zaiflikdan aziyat çekkan va şu sababli jazo tayinlamagan holda sud qilingan. Monttning ölimi haqida uning advokatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

General Montt hokimiyat tepasiga 1982 yilda harbiy töntaruv natijasida kelgan va 1983 yilda navbatdagi töntaruv natijasida ağdarilgan. Uning 1,5 yillik boşqaruvi davomida armiya aholi, ayniqsa hindularga qarşi bir qator jazolovçi operatsiyalar ötkazgan.

Huquqni himoyalovçi taşkilotlarning baholaşiça, bu vaqt içida kamida 10 ming kişi öldirilgan. Sudda Montt mayya qabilasidan 1771 hinduning öldirilişida ayblangan.