21st Century Fox Britaniyaning Sky telekanalini Walt Disney’ga sotib yuborişi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Aniqlik kiritilişiça, Fox Sky’ning 61 foizini xarid qiliş bilan boğliq muammoga yeçim topiş maqsadida şunday taklif bilan çiqmoqçi.

Fox vakillarining sözlariga köra, Disney Sky News’ni xarid qilişga qiziqiş bildirgan va bu Disney’ning 21st Century Fox aktivlarini sotib oliş böyiça bitim qanday keçayotganidan qat'iy nazar yuz berdi.

Bundan taşqari, Fox Sky News’ni qolgan Sky’dan 15 yillik operativ erkinlik bilan ajratişni, şuningdek, Fox kafolati ostida moliyalaştirişni taklif qilgan.