Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Quriliş sohasida davlat boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Farmonda arxitektura va quriliş sohasini boşqarişning samarali mexanizmlarini joriy etiş hududlarning zamonaviy qiyofasini şakllantiriş, hayot va tadbirkorlik uçun qulay şart-şaroitlarni yaratişga qaratilgan şaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga kötarişning muhim şarti hisoblanişi ta'kidlangan. 

Şu bilan birga, tahlillar quriliş sohasida davlat boşqaruvini taşkil etişda zamonaviy şaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilişga, raqobatni rivojlantirişga, yangi sub'yektlarning innovatsion ğoyalar, işlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelişiga tösqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni oçib berdi: 

birinçidan, şaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, şuningdek, quriliş materiallari işlab çiqarişning holati hamda rivojlaniş tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni şaharsozlik jihatidan rivojlantirişning örta muddatli va istiqbolli yönalişlari belgilanmagan; 

ikkinçidan, arxitektura va quriliş organlarining taşkiliy-ştat tuzilmasi quriliş va rekonstruksiya jarayonlarini töliq kuzatib borişni ta'minlaş, şuningdek, quriliş-montaj işlari sifatini samarali nazorat qiliş uçun mavjud resurslarni safarbar etişga imkon bermayapti; 

uçinçidan, arxitektura va quriliş organlari funksiyalarining tarqoqligi hamda ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş darajasining pastligi şaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini körsatişning maksimal şaffofligi va samaradorligini ta'minlamayapti; 

törtinçidan, köpçilik aholi punktlarining boş rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks qurişga, işlab çiqariş va infratuzilma obektlarini joylaştirişga, tadbirkorlik va işbilarmonlik faolligini rivojlantirişga salbiy ta'sir körsatmoqda, şuningdek, quriliş jarayonida puxta öylanmagan qarorlarni qabul qilişga sabab bölmoqda; 

beşinçidan, texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar ança eskirgan hamda ularda arxitektura-quriliş işlarini olib borişning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qöllaş e'tiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş va obektlarni quriş sifatiga salbiy ta'sir körsatmoqda;