Qurilish va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining Şayxontohur tumanida joylaşgan ma’muriy binosi auksionda 196,6 mlrd sömga sotildi.
15 may kungi savdo 187,2 mlrd söm boşlanğiç narx bilan boşlandi. Auksion faqatgina bitta narx taklifidan iborat böldi va 10 daqiqa davom etdi.
Yakunda 196,6 mlrd sömlik taklif bilan «Hamkorbank» ATB ğolib böldi.
Yetti qavatli bino Abdulla Qodiriy va Abay köçalari kesişmasida, Örda massivi tomonda joylaşgan. Binoning umumiy maydoni 11 725 kvadrat metrni, unga tutaş hudud esa 0,48 gektarni taşkil etadi.
Obektda barça kommunikatsiyalar — elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti va kanalizatsiya mavjud. Xaridor obektni şaharsozlik hujjatlariga muvofiq ofislar va xizmat körsatiş faoliyati uçun işlatişi kerak.
Dastlabki xususiylaştiriş
Qurilish va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining binosi bundan 5 oy oldin ham xususiylaştirilgandi. 16 dekabr kungi savdo 130,3 mlrd söm boşlanğiç narx bilan boşlangandi va 8 ta qadamdan iborat bölib, 1 soat-u 7 daqiqa davom etgandi. Yakunda 182,2 mlrd sömlik taklif bilan “Özşahar qurilish invest” MÇJ ğolib bölgandi.
“Özşahar qurilish invest” 2024 yil 26 noyabr holatiga davlatniki bölgan: kompaniyaning 90 foiz uluşiga Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, 10 foiziga “Qurilish Invest Development” MÇJ egalik qilgan. Davaktiv Kun.uz’ning uşbu kompaniyaning qaçon va qança narxga xususiylaştirilgani haqidagi savollarini javobsiz qoldirgandi. Sotilgan bino nega yana qayta auksionga çiqarilganining sabablari ma’lum emas.
Avvalroq Qurilish vazirligi Yangi Toşkentga köçib ötişi hamda u yerda Transport va suv xöjaligi vazirliklari bilan bitta yangi binoda joylaşişi ma’lum qilingandi.












