Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Toşkentdagi Qurilish va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi binosini yana sotuvga qöydi. Bu haqda E-auksion platformasida xabar berildi.

Yetti qavatli bino Abdulla Qodiriy va Abay köçalari kesişmasida, Örda massivi tomonda joylaşgan. Binoning umumiy maydoni 11 725 kvadrat metrni, unga tutaş hudud esa 0,48 gektarni taşkil etadi.

Obektda barça kommunikatsiyalar — elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti va kanalizatsiya mavjud. Xaridor obektni şaharsozlik hujjatlariga muvofiq ofislar va xizmat körsatiş faoliyati uçun işlatişi kerak. Lotning yangi boşlanğiç narxi 187 mlrd 238 mln söm etib belgilangan. Auksion 15 may kuni soat 10:00 da bölib ötadi. Obektni xarid qilişda muddatli tölov imkoniyati ham mavjud.

Dastlabki xususiylaştiriş

Qurilish va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining binosi bundan 4 oy oldin ham xususiylaştirilgandi. 16 dekabr kungi savdo 130,3 mlrd söm boşlanğiç narx bilan boşlangandi va 8 ta qadamdan iborat bölib, 1 soat-u 7 daqiqa davom etgandi. Yakunda 182,2 mlrd sömlik taklif bilan “Özşahar qurilish invest” MÇJ ğolib bölgandi.

“Özşahar qurilish invest” 2024 yil 26 noyabr holatiga davlatniki bölgan: kompaniyaning 90 foiz uluşiga Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, 10 foiziga “Qurilish Invest Development” MÇJ egalik qilgan. Davaktiv Kun.uz’ning uşbu kompaniyaning qaçon va qança narxga xususiylaştirilgani haqidagi savollarini javobsiz qoldirdi.

Sotilgan bino nega yana qayta auksionga çiqarilganining sabablari ma’lum emas.

Avvalroq Qurilish vazirligi Yangi Toşkentga köçib ötişi hamda u yerda Transport va Suv xöjaligi vazirliklari bilan bitta yangi binoda joylaşişi ma’lum qilingandi.