Hamyurti Dek Spelman bilan jangdan keyin vafot etgan britaniyalik boksçi Skott Vestgartning onasi jurnalistlarga öğli ölimidan keyin şifokorlarga uning tana a'zolarini donor a'zolar sifatida qöllaşga ruxsat berganini sözlab berdi. Bu haqda The Boxing Post’ning tvitter akkauntida ma'lum qilindi.

Boksçining tana a'zolari 7 kişining hayotini saqlab qolişga imkon berdi. Vestgart fevralda hayotdan köz yumgan. U sönggi jangida hakamlar qarori bilan ğalaba qozongan, biroq şundan keyin özini yomon his qila boşlagan. Jang davomida ikki boksçi ham nokdaun holatiga tuşgan. Vestgart yeçiniş xonasiga bazör yetib borgan va u yerdan şifoxonaga olib ketilgan. 31 yoşli boksçi miyasiga qon quyilişi sababli huşiga kelmay vafot etgan.











